Isaak Barrou
Isaak Barrou (1630-yil oktabr – 1677-yil 4-may) ingliz nasroniy ilohiyotchisi va matematiki boʻlib, odatda kalkulus rivojlantirishdagi dastlabki roli uchun hurmatga sazovor boʻlgan. Barrou, shuningdek, nufuzli „Lukas matematika professori“ unvonining birinchi sohibi boʻlganligi bilan ajralib turadi, bu lavozimni keyinchalik uning shogirdi Isaak Nyuton egallagan.
Isaak Barrou | |
---|---|
Mary Beale tomonidan chizlgan Isaak Barrouning portreti | |
Tavalludi |
Oktyabr 1630-yil London, Angliya |
Vafoti |
4-may 1677-yil (46 yoshda) London, Angliya |
Fuqaroligi | Kingdom of England |
Taʼlimi | Felsted School, Trinity College, Kambrij |
Mashhur ishlari |
Kalkulusning asosiy teoremasi Optics |
Hayoti va ijodi
tahrirBarrou Londonda tugʻilgan. Otasi Tomas Barrou zigʻir toʻqimachilik bilan shugʻullangan. 1624-yilda Tomas Annga uylangan va ularning oʻgʻli Isaak 1630-yilda tugʻilgan. Ann taxminan 1634-yilda vafot etgan. [1] Ikki yil ichida Tomas yana turmushga chiqgan; yangi turmush oʻrtogʻi Ketrin Oksid boʻlgan.
Isaak dastlab Charterxausdagi maktabga borgan. Keyin esa Felsted maktabiga borgan va u yerda joylashgan. U Felstedda yunon, ibroniy, lotin tillarini oʻrganib, universitetda oʻqishga tayyorgarlik koʻradi. [2] Soʻngra, Kembrijdagi Trinity kollejida oʻqishni davom ettiradi..U klassika va matematikada boshqalardan ajralib turar adi.1648-yilda ilmiy darajasini olgadi. Barrou 1652-yilda Jeyms Dyuportning talabasi sifatida Kembrijda magistr darajasini oladi; keyin Isaak kollejda bir necha yil yashagan va Kembrijdagi yunon professori lavozimiga nomzod boʻlgan.
Keyingi toʻrt yil davomida u Fransiya, Italiya, Smirna va Konstantinopol boʻylab sayohat qilgan va koʻplab sarguzashtlardan soʻng 1659-yilda Angliyaga qaytib kelgan. U jasurligi bilan mashhur edi. Ayniqsa, u oʻzining jasorati bilan oʻzi boʻlgan kemani qaroqchilar tomonidan qoʻlga tushishdan saqlab qolgani alohida taʼkidlangan. Isaak oʻsha davrning mutlaqo taʼsirchan shaxsi boʻlib, begʻubor hayot kechirib, oʻz xatti-harakatlarini ehtiyotkorlik va vijdon bilan amalga oshirgan. [3]
1660-yilda restavratsiyadan soʻng u Kembrij universitetida yunon tilining Regius professori,1662-yilda Gresham kollejida geometriya professori, 1663-yilda Kembrijdagi Lukas kafedrasining birinchi xodimi sifatida ishlagan. 1669-yilda u Isaak Nyuton uchun professorlik lavozimidan voz kechgan. [4] Taxminan oʻsha paytda Barrou oʻzining "Eʼtiqod koʻrgazmalari", „Rabbiyning ibodati“, „Dekalog“ va „Sacraments“ asarlarini yaratgan. Umrining qolgan qismida u oʻzini ilohiylikni oʻrganishga bagʻishlagan. U 1670-yilda qirollik mandati bilan ilohiyot fanlari doktori unvoniga sazovor boʻlgan va ikki yildan soʻng Trinity kollejining magistri (1672), u yerda kutubxonaga asos solgan va vafotigacha shu lavozimni egallagan.
Shuningdek qarang
tahrir- Barrou oy krateri uning nomi bilan atalgan
- Gresham Geometriya professorlari
Manbalar
tahrir- ↑ 'The Abbey Scientists' Hall, A. R. p12: London; Roger & Robert Nicholson; 1966
- ↑ O'Connor. „gap-system“. School of Mathematics and Statistics University of St Andrews. 2010-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-fevral.
- ↑ D. R. Wilkins – Trinity College, Dublin School of Mathematics.
- ↑ For a summary of the Barrow–Newton relationship, see Gjersten, Derek. The Newton Handbook. London: Routledge & Kegan Paul, 1986 — 54–55-bet.