Isaakiy sobori
Isaakiy sobori - Sankt-Peterburgdagi meʼmoriy yodgorlik. Shaharning bosh ibodatxonasi. Soʻnggi rus klassitsizmining yirik namunasi. Rus meʼmori (asli fransuz) A. A. Monferran loyihasi asosida qurilgan (1818— 58). Keyinchalik maxsus meʼmorlar (V. P. Stasov, A. A. Mixaylov) ishtirokidatakomiliga yetkazilgan. Umumiy tarhi — 111,5x67,6 m, gumbaz diametri 21,83 m. 4 tomonidan hashamatli 8 qoʻngʻiroqh<1p;| o i uralgan. Peshtoqburchaklariga haykallar, tokchalariga boʻrtma naqshlar ishlangan (haykaltaroshlar I. P. Vitali, A. V. Loganovskiy, P. K. Klodt va b.). Ichki xonalar koshin, rassomlik sanʼati asarlari bilan bezatilgan (rassomlar K. P. Bryullov, F. A. Bruni, P. V. Basin va b.). Yodgorlik shahar ansamblining muhim tarkibiy qismi. Avliyo Isaakiy Dalmatskiy nomi bilan atalgan. 1931 y.dan muzey.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |