Isabelle Delobel
Isabelle Delobel (talaffuzi: Izabel Delobel; 1978-yil 17-iyunda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan fransuz sobiq muz raqqosasi. Sherigi Olivier Schoenfelder bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining gʻolibi, 2007-yilgi yevropa chempioni va 2008-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan.
Isabelle Delobel | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Fransiya |
Tavalludi | 17-iyun 1978-yil |
Boʻyi | 1.63 m (5 ft 4 in) |
Sherigi | Olivier Schoenfelder |
Oldingi murabbiylari | Muriel Zazoui, Romain Haguenauer, Tatiana Tarasova, Lydie Bontemps |
Jamoasi | CSG Lyon |
Uchishni boshlagan | 1984 |
Yakunlagan | 2010 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 212.94 |
Standart raqs | 41.25 |
Original raqs | 67.25 |
Erkin raqs | 110.39 |
Delobel va Schoenfelder juftligi yigirma yil davomida birga konkida uchib, 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan soʻng figurali uchishdan isteʼfoga chiqqan.
Faoliyati
tahrirDelobel 1978-yil 17-iyunda Clermon-Ferrand shahrida tugʻilgan. U olti yoshida konkida uchishni boshlagan va yakka holda 1 yil konkida uchgan va muz ustida raqs faoliyatiga oʻtib ketgan. Delobel akasi Loran bilan uch yil konkida uchgan.
Delobel va Schoenfelder 1990-yilda Irina Moiseyeva va Andrey Minenkov taklifiga koʻra murabbiy Lidi Bontemps tomonidan birlashtirilgan[1]. Juftlik 1996 — 1997-yilgi mavsum oldidan kattalar darajasiga oʻtishdan oldin 1996-yilgi oʻsmirlar Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 1999 Skate Canada musobaqasida birinchi bor Gran-pri bosqichi medalini qoʻlga kiritdilar. Faoliyatining boshida juftlikka Fransiyaning Lion shahrida Muriel Boucher-Zazui murabbiylik qilgan. Tatyana Tarasova va Nikolay Morozov 1998 — 2002-yillarda ularning xoreograflari boʻlgan va juftlik 2000 — 2002-yillarda Konnektikut shtatining Newington shahrida mashgʻulotlar oʻtkazgan.
Juftlik 2002 — 2003-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Delobel va Schoenfelder 2005 — 2006-yilgi mavsumda xoreograf Pasquale Camerlengo bilan ishlagan[2].
Delobel va Schoenfelder juftligi 2006-yilgi Olimpiadada ishtirok etgan va 4-oʻrinni egallab, bronza medali sohiblaridan ikki ochko ortda qolgan[3].
Delobel va Schoenfelder jufligi 2007-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik ular 2008-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqishgan. Juftlik musobaqaning original va majburiy raqs namoyishlarida birinchi oʻrinni egallab, erkin raqsda ikkinchidan joy olishga[4]n.
Shaxsiy hayoti
tahrirDelobelning egizak singlisi Véronique Delobel ham Fransiya milliy chempionatlarida va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashgan.
Delobel 2009-yil iyun oyida Nordic jamoasi tarkibida 1998-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori Lyudovic Rouxga turmushga chiqqan.
Dasturlari
tahrir(Schoenfelder bilan)
Mavsum | Original raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2009 — 2010 |
|
|
2008 — 2009 |
|
|
2007 — 2008 |
|
|
2006 — 2007 |
|
|
1994 — 1995 |
|
Natijalari
tahrir(Schoenfelder bilan)
Natija | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalqaro | ||||||||||||||||
Mavsum | 1994 — 95 | 1995 — 96 | 1996 — 97 | 1997 — 98 | 1998 — 99 | 1999 — 00 | 2000 — 01 | 2001 — 02 | 2002 — 03 | 2003 — 04 | 2004 — 05 | 2005 — 06 | 2006 — 07 | 2007 — 08 | 2008 — 09 | 2009 — 10 |
Olimpiada | 16 | 4 | 6 | |||||||||||||
Jahon chempionatlari | 18 | 14 | 11 | 13 | 12 | 9 | 6 | 4 | 5 | 4 | 1 | |||||
Yevropa chempionati | 15 | 12 | 9 | 10 | 7 | 4 | 3 | 4 | 1 | 2 | ||||||
Gran-pri finali | 5 | 6 | 6 | 4 | 3 | 1 | ||||||||||
GP Cup of China | 3 | |||||||||||||||
GP Cup of Russia | 3 | |||||||||||||||
GP Lalique/Bompard | 6 | 7 | 7 | 7 | 5 | 5 | 2 | 3 | 3 | 2 | 2 | 1 | 1 | |||
GP NHK Trophy | 7 | 4 | 3 | 1 | ||||||||||||
GP Skate America | 3 | 2 | 1 | |||||||||||||
GP Skate Canada | 7 | 3 | 5 | 4 | ||||||||||||
GP Sparkassen | 5 | |||||||||||||||
Bofrost Cup | 2 | |||||||||||||||
Nebelhorn | 3 | |||||||||||||||
Ondrej Nepela | 1 | |||||||||||||||
Lysianne Lauret | 4 | |||||||||||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||||||||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. | 4 | 2 | ||||||||||||||
Odessa Trophy | 2 | |||||||||||||||
Autumn Trophy | 1 | 4 | ||||||||||||||
Ukraine Trophy | 2 | |||||||||||||||
EYOF | 1 | |||||||||||||||
Milliy | ||||||||||||||||
Fransiya Chemp. | 3 J. | 1 J. | 4 | 4 | 3 | 2 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||
GP = Gran-Pri; J. = Oʻsmirlar darajasi |
Manbalar
tahrir- ↑ „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2002/2003“. International Skating Union. 2003-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2003/2004“. International Skating Union. 2004-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2004/2005“. International Skating Union. 2005-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.