Ischoklad
Ischoklad („Muzli shokolad“; nemis tilida Eiskonfekt, shuningdek, muzli shirinlik deb tarjima qilinadi) — Germaniyada yaratilgan, hozirda Germaniya va Shvetsiya hududida mashhur boʻlgan konfet. Bu shirinlik Daniya va Shvetsiyada Rojdestvo bayramida isteʼmol qilinadi. Shirinlikni 1927-yilda qandolatchi Adam Eichelmann ixtiro qilgan[1]. Odatda faqat shokolad (yarimdan uchdan ikkigacha) va hindiston yongʻogʻi yogʻi (uchdan bir yarim) yordamida tayyorlanadi[2].
Turi | Konfet |
---|---|
Kelib chiqishi | Germaniya |
Muallifi | Adam Eichelmann |
Yaratilgan yili | 1927-yilda |
Asosiy komponentlari | Shokolad, kokos yog‘i |
Ogʻizda juda oson eriydi. Bu kokos moyining erish nuqtasi 20 dan 23 darajagacha boʻlganligi bilan bogʻliq. Baʼzi retseptlarda mentol, sanoat ishlab chiqarishida esa karbamid qoʻshiladi tez-tez qoʻshiladi, bu ikkalasi ham sovutish hissini oshiradi. Ischoklad — mashhur shved Rojdestvo taomidir. Germaniyada Eiskonfektning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Eichetti hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Schoko-Träume im Schlaraffenland. In: Main Post. 29. November 2005“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Nugat, Trüffel und Eiskonfekt - Bundesverband der Deutschen Süßwarenindustrie“. www.bdsi.de. Qaraldi: 19-may 2022-yil.