Isfara qatlamlari - Jan. Far gʻonaning Isfara daryosi havzasidagi choʻkindi jinslar. Paleogen sistemasining eotsen boʻlimiga mansub. 1935-yil O. S. Vyalov birinchi marta oʻrgangan. I. q. yashil rangli gillardan iborat. I. q. dastlab yarus (1958), "qatlam", keyinchalik (1960) "svita" deyilgan, hozir gorizont (1999) deyilmoqda. I. q.dan shu qatlamga xos dengiz ustritsalari (Isocardia eichwaldi Rom. Ostrea plicata Sol.)HHHr toshqotgan qoldiqlari topilgan. Surxondaryo viloyati, Jan. Tojikiston, Toshkent atrofida I. q. bor, oʻrtacha qalinligi 20–30 m. Neft va gaz hosil boʻlishida I. q.ning ahamiyati muhim.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil