Ishchi-yoshlar teatri
Ishchi-yoshlar teatri - havaskor lik va yarim-professional teatr turi. 20-y. larning 2-yarmi, 30-y. larning boshida keng tarqalgan. Toshkentda 1929 y. rus, 1930 y. oʻzbek I.-yo.t. ochildi. Bu teatrlarning repertuari siyosiy tashviqot harakterida boʻlib, spektakllarda musiqa, raqs, hazil-mutoyibalar bilan kundalik hayot aks ettirildi. Ijrochilar, asosan, ishchi yigit va qizlardan iborat boʻlgan. I.-yo.t. ning spektakllari yarim improvizatsiya xa-rakteridagi ssenariylar asosida qurilib, haqiqiy dramaturgiya, mumtoz merosdan chekinishga, sxematizmga, yuzakilikka va aktyorlik ijro madaniyatining susayishiga olib keldi. 1932 y. 23 aprel dan yirik professional darajadagi I.-yo.t. davlat teatriga aylantirildi. Havaskorlik jamoalari esa kasaba uyushmalari ixtiyoriga oʻtkazildi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |