Ishigaki
Ishigaki (yaponcha: 石垣市 Ishigaki-shi , Yaeyama: Isïgaksï, Ishanagzï) Yaponiyaning Okinawa prefekturasida joylashgan shahar. Ishigaki va Senkaku orollari hududlari Ishigaki shahri tarkibiga kiradi. Shahar Yaeyama orollarining siyosiy, maʼdaniy va iqtisodiy markazi hisoblanadi. Shaharda New Ishigaki Airport aeroporti faoliyat yuritadi. 2012-yil, dekabr holatida koʻra, shaharning taxminiy aholisi 48,816 kishini tashkil etadi va aholi zichligi 1 km2 ga 213 kishidan toʻgʻri keladi. Umumiy maydoni 229.00 km2.
Ishigaki 石垣市 Isïgaksï, Ishanagzï | |
---|---|
Shahar | |
24°20′40.2″N 124°11′6.9″E / 24.344500°N 124.185250°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hudud | Kyushu |
Prefektura | Okinawa prefekturasi |
Hukumat | |
• Mer | Yoshitaka Nakayama |
Maydon | 229.00 km2 (88.42 kv mi) |
Aholisi (2016-yil, 1-oktabr) |
47,562 |
Zichligi | 213 kishi/km2 |
|
Tarixi
tahrirHozirgi Ishigaki shahri 1908-yilda Ishigaki, Ohama va Miyara magirisi (Ryukyu qirolligining maʼmuriy boʻlinmasi) qoʻshilishidan Yaeyama qishlogʻi sifatida tashkil etilgan. 1914-yilda uning nomi Ishigaki qishlogʻi deb oʻzgartirilgan va 1926-yilda Ishigaki shahriga aylangan. Ishigaki 1947-yil 10-iyulda shahar maqomiga koʻtarilgan.
Tarixiy izoh: Yaponiyaga tashrif buyurgan birinchi fransuzlardan biri Guillaume Courtet 1636-yilda Ishigaki qirgʻogʻiga kelgan.
Geografiyasi
tahrirIshigaki shahri butun Ishigaki orolini qamrab oladi (222 km2 (86 kv mi))[1]. Orol marjon riflari bilan oʻralgan. Ishigaki orolining eng baland nuqtasi – Omotodake (525.5 m (1,724 ft)) nuqtasi hisoblanadi.
Odam yashamaydigan Senkaku orollari Ishigaki orolidan 150 km (93 mi) shimolda joylashgan. Senkaku orollari taxminan 6.3 km2 (2.4 kv mi) maydonni qamrab oladi.
Iqtisodiyoti
tahrirIshigakida shakarqamish va ananas yetishtiriladi. Turizm ham shahar iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi.
Transporti
tahrirShaharda New Ishigaki Airport aeroporti va Ishigaki porti faoliyat yuritadi.
Iqlimi
tahrirIshigaki tropik oʻrmon iqlimiga ega (Köppen iqlim tasnifi Af). Yozi issiq va qishi iliq. Yil davomida yogʻingarchilik koʻp kuzatiladi. Eng yomgʻirli oylar avgust va sentyabr (tropik boʻron va tayfun tufayli), eng qurgʻoqchil oylar esa dekabr va iyul.
Diqqatga sazovor joylari
tahrirIshigaki shahrida turli xil diqqatga sazovor joylar bor.
- Gongen Do – 1614-yilda tashkil etilgan Ishigaki shahrining markaziga yaqin joylashgan Shinto ziyoratgohi. Ibodatxona 1771-yilda toshqin paytida vayron boʻlgan. Hozirgi binolari esa 1787-yilga tegishli. Yaqinidagi bino Torin Ji, 1614-yilda qurilgan buddistlar ibodatxonasidir. Unda 1737-yilga oid bir nechta haykallar mavjud boʻlib, ular Ishigaki orolining vasiylik xudolarini ifodalaydi deb taxmin qilinadi.
- Yaqinida Miyaradunchi, 1819-yilda qurilgan turar-joy binosi bor. Uning tomi qizil plitkalardan iborat, arxitekturasi materik Yaponiyadagi samuray uylariga oʻxshaydi, ammo Yaeyama orollarida samuraylar hech qachon yashamagan.
- Fuzaki Kannon Do - 1742-yildan beri mavjud boʻlgan kichik Shinto ziyoratgohi. U shaharning gʻarbiy tomonida, 5 km (3.1 mi) uzoqlikda, qoʻshni Ishigaki va Iriomote orollarining goʻzal manzarasi koʻrinadigan tepalikda joylashgan[2]. Ibodatxona Kannonga bagʻishlangan.
- Tojinbaka – odatiy xitoy uslubidagi maqbara boʻlib, shaharning gʻarbiy qismida, 6 km (3.7 mi) uzoqlikda joylashgan. U yerda 1852-yilda Amerikaga suzib ketayotgan kemada qoʻzgʻolon paytida halok boʻlgan 400 nafar xitoylik ishchilar dafn etilgan[3].
- Kabira koʻrfazi
-
Shinyakusho-Dori
-
Shinto ibodatxonasi - Gongen Do
-
Torin Ji ibodatxonasi
-
Miyara Donchi
-
Ishigakidagi katolik cherkovi
-
Fuzaki Kannon Do ibodatxonasi
-
Tojinbaka maqbarasi
-
Kabira koʻrfazi
-
Ishigaki Porti
-
Ishigakining Taketomidan koʻrinishi
Manbalar
tahrir- ↑ „平成27年全国都道府県市区町村別面積調 島面積“. Geospatial Information Authority of Japan (2015-yil 1-oktyabr). 2016-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-aprel.
- ↑ Yamakei: Ryukyu Nansei Shoto, p.106.
- ↑ Yamakei: Ryukyu Nansei Shoto, p.105.