Ishim xazinasi - qad. buyumlar majmuasi. 1911 y. Achinsk sh.dan 50 km shim.da Ishimka qishlogʻi yaqinida, taygadagi botqoqliklar orasidagi orolchadan topilgan. Bu yer mil. av. 1ming yillikdan boshlab ming yillar davomida aholi tomonidan ziyorat qilinadigan qurbongoh hisoblangan. Xazinadagi narsalar maʼbudlarga qilingan sovgʻalar va qad. shamanlik marosimlari bilan bogʻliqboʻlgan. I.x., asosan, qurol-aslaha — temir qilichlar, xanjarlar, nayzalar, kamon oʻqi uchlari (jez, temir), temir koʻzgular (mahalliy va Xitoyda ishlangan), "hayvoniy uslub"da bajarilgan tumorzeb-ziynatlardan iborat. I.x.dagi oʻzga yurtlardan keltirilgan turli buyumlar moʻyna yetkazib beruvchi mahalliy tayga ovchilarining uzoq oʻlkalar bilan savdo aloqalaridan dalolat beradi. I.x. Krasnoyarsk oʻlkashunoslik muzeyida saqlanmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil