Ishlab chiqarish grafigi
Ishlab chiqarish grafigi - korxonada muayyan davr (kun, oy, chorak, yil) davomida mahsulot ishlab chiqarishning kalendar rejasi. Bu reja butun korxona va uning alohida boʻlimlari (sex, uchastka, potok liniyalar, agregat va b.) mikyosida tuzilib, grafik yoki jadval shaklida ifodalanadi. Ishlab chiqarish grafigi detallarni ishlab chiqarishning texnologik sxemasi va ket-ma-ketligi hamda tayyor mahsulotning tarkibiy qismlarga boʻlinish qoida-siga asoslanadi. Korxonada ishlab chiqarish grafigilari kamrov doirasiga kura, korxona mikyosida oylik topshiriqlar grafigini ishlab chiqish; sex uchastka yoki boʻlim boʻyicha bir mashina komplektga kerakli detallar va uzellar sonini hisoblab chiqish; detallar, uzellarni ishlab chiqarishning kundalik grafik topshiriqlarini ishlab chiqish; Ishlab chiqarish ortda qolgan detallar boʻyicha 10 kunlik tezkor ishlab chiqarish grafigini ishlab chiqish va b. boʻlishi mumkin. Mahsulot Ishlab chiqarishning yakka tartibda yoki seriyaliligi mahsulotning turi, uning detallari, uzellari miqdori, texnologik operatsiyalarning xilma-xilligi, ishlab chiqarish jarayonida operatsiyadan operatsiyaga oʻtishning koʻp yoʻnalishliligi va b. bilan xarakterlanadi va jarayonlarni oʻzaro bogʻlab turadi. Ishlab chiqarish grafigiga qatʼiy rioya qilish korxonaning hamma boʻlimlari ishida oʻzaro uygʻunlikni, hamkorlikni taʼminlaydi[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |