Ishlab chiqarish vaqti - kapital (korxona vositalari)ning Ishlab chiqarish jarayonida boʻlish muddati. Ishlab chiqarish vositalarining korxonaga tushgandan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chikarilguncha ketgan vaqtni oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarish vaqti mahsulotning murakkabligi, texnologik jarayon (Ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganligi va avtomatlashganligi), ishchilar malakasi va b. omillarga bogʻliq. Ishlab chiqarish vaqti mehnat predmetlari va qurollarining ishlatilmay saqlanib turish davri, bevosita ish jarayoni davri, tanaffuslar uchun ketadigan davrdan iborat. Aylanma mablagʻlarning Ishlab chiqarish zaxirasi sifatida turadigan vaqti korxonaning xom ashyo va materiallar bilan taʼminlanishiga bogʻliq. Ish davri esa mazkur korxonada tayyorlanayotgan mahsulotning xususiyatlariga, texnika va Ishlab chiqarish texnologiyasining ta-raqqiyot darajasiga, tanaffuslar vaq-ti, mahsulotning xususiyatlariga va uni tayyorlash usuliga, shuningdek, Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilish darajasi (mashina va agregatlarning ish rejimi, korxona necha smenada ishlashi va shunga oʻxshashlar)ga bogʻliq. Ish davri va tanaffuslar birgalikda ishlab chiqarish siklini tashkil qiladi. Ilgʻor texnika va texnologiyalarni Ishlab chiqarishga joriy qilish Ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil