Ishlab chiqarish vositasi
Ishlab chiqarish vositasi (derivativ) — shunday shartnomaki, tomonlar uning asosida bazaviy aktivga nisbatan huquqlarga ega boʻladilar yoki baʼzi harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladilar. Bazaviy aktiv qimmatli qogʻoz, indekslar, foizlar, kredit reytingi, xomashyo, valuta, tovar, qimmatbaho metallar va hokazo boʻlishi mumkin.[1]
Turlari
tahrirIshlab chiqarish shartnomalari yoki „birjadan tashqari“, yoki birjaviy boʻlishi mumkin.[2] Birinchi variantida derivatlar oʻlchamlari, shuningdek, marjin-kolning bor yoki yoʻqligi borasida tomonlar (qoidaga koʻra, ulardan hech boʻlmasa bittasi moliyaviy muassasa boʻladi) erkin, shartnomalarni biror-bir standartlashtirishlarisiz kelishadilar. Ikkinchi — birja derivatlari variantida shartnoma oʻlchamlari majburiy marjin-koll qilinadigan vositalar sotiladigan birja tomonidan standartlashtiriladi. Bundan tashqari, bunday turda birja doimo muzokaralar yuritayotgan tomonlarining biri boʻlib, barcha operatsiyalarni boshqarish uchun javobgar hisoblanadi. Shuningdek, CFD (narxlardagi farqlar uchun shartnoma) orqali ham savdo qilish mumkin. Bunday shartnoma turi katta moliyaviy harakatlantiruvchi kuch boʻlib xizmat qiladi, negaki operatsiya boshlanishida uncha katta boʻlmagan toʻlov talab qilinadi yoki umuman bunga zarurat boʻlmaydi.[3]
Asosiy turlari
tahrirForvard — xaridor va sotuvchi kelgusida shartnoma tuzilgan kuni qayd etilgan sanadagi narxda muayyan miqdordagi tovar (tovar yoki moliyaviy aktiv) xarid qilish yoki sotish majburiyatini oladilar.
Fyuchers — aktiv oldi-sotdisi kelgusi sanaga koʻrsatilgan narxda belgilanadigan shartnoma.[4]
Opsiya shartnomasi — sotuvchi va xaridorga tegishli aktivni kelgusida (opsion muddari tugaydigan sanada) oldindan belgilangan narxda (strayk deb ataluvchi opsion sotiladigan narxda) xarid qilish yoki sotish huquqini, lekin majburiyatini emas, beruvchi shartnomadir.[5]
Svop — tomonlar oʻrtasidagi toʻlovlar oqimini kelgusida turli sanalarga belgilaydigan shartnoma.[6]
Manbalar
tahrir- ↑ „Derivative Definition“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ „A Basic Guide To Financial Derivatives“. forbes.com. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ „CFD brokers“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ „Who Is Trading in the Futures Markets and Why It Matters“. agecon.unl.edu. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ „What is an option?“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ „Regulators are looking at the vastly complicated, fast-growing world of credit derivatives“. money.cnn.com. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.