Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish — korxona, kompaniya yoki ularning biror tarkibiy qismining asosiy faoliyatini tor doiradagi mahsulot, tovarlar va xizmatlar i.ch.ga yoʻnaltirish. Maʼlum mahsulot ishlab chiqaradigan xoʻjalik sohalari va korxonalarning shakllanishida oʻz ifodasini topadi. Tarixiy taraqqiyot davomida sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b. sohalarda ixtisoslashish paydo boʻldi. Oʻz navbatida, bulardan yana yangi ix-tisoslashgan sohalar ajralib chiqmoqda. Sanoatda ixtisoslashuv tayyor mahsulot, detal va qismlar, texnologiya boʻyicha boʻlishi mumkin. Mashinasozlikda qismlar (detallar) boʻyicha ixtisoslashuv avtomobilsozlik, transportsozlik va aviatsiya sanoatida koʻp uchraydi. Natijada yigʻish korxonalari — kooperatsiya asosida mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar kengayib boradi. Ixtisoslashgan sohalar va korxonalar bir xil mahsulot ishlab chiqaradi, ularning oʻziga xos texnologiya jarayoni va ixtisoslashgan kadrlari boʻladi. Ixtisoslashtirish jarayonining taraqqiyoti ijtimoiy Ishlab chiqarishning oʻsishi, ishlab chikaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida ixtisoslashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish korxonalar ishini samarali tashkil etish hisoblanib, binolardan, asbob-uskunalardan, materiallardan bekam-koʻst foydalanishda, fan va texnikaning eng yangi yutuklarini joriy etishda, takomillashgan maxsus mashina va asboblarni qoʻllashda, mehnat unumdorligini oshirishda, mahsulot Ishlab chiqarishharajatlarini tejashda katta sa-mara beradi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish ning samaradorligi korxonani ixtisoslashtirish tufayli yillik mahsulot Ishlab chiqarishhajmiga ketgan harajatlarni ixtisoslashtirishdan oldingi Ishlab chiqarishhajmi harajatlariga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.

Oʻzbekistonda "Toshkent traktor zavodi", "Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" aksiyadorlik ja-miyatlari, Asaka avtomobil zavodi (unga ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi qator qoʻshma korxonalar) va b. ixti-soslashtirilgan korxonalar hisoblanadi.

Sadir Salimov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil