Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan ishlab chiqarish vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. ishlab chiqarishk. insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning oʻzi ham kamol topib, rivojlanib boradi. ishlab chiqarishk. ning moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. ishlab chiqarish vositalari insonning tabiatga taʼsir koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takom illashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va b.) hisoblanadi. Shu sababli ishlab chiqarishk. oʻzgarishi mehnat qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. ishlab chiqarish binolari, yoʻllar, kanallar, energetika tarmogʻi, aloqa vositalari, quvur transporta, turli sigʻimli sisternalar va b. ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.

Bu jarayonda fan bevosita ishlab chiqarishk. ga aylanadi (19-asr dan boshlab ishlab chiqarish bilan fanning qoʻshilishi dastlab murakkab ishlab chiqarish vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr ning 2-yarmida ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qoʻllash va b.).

ishlab chiqarishk. ning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi. Hoz.fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita ishlab chiqarishk. ga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada ishlab chiqarishk. taraqqiyoti, tarixiy jara-yonning asosiy omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.

Har bir mamlakatda ishlab chiqarishk. rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat ishlab chiqarishk. ni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va I. ch.k. ni kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari ishlab chiqarishk. tushunchasi oʻrniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qoʻllaydi.

Sherqul Shodmonov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil