Ishoq

Qurʼonda nomi kelgan 25 paygʻambardan biri.
(Ishoq alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)

IshoqQurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri; Ibrohim (payg‘ambarning Sora ismli ayolidan tugʻilgan oʻgʻli. Isʼhoq Bibliyada Isaak nomi bilan maʼlum. "Bani Isroil" qavmining barcha paygʻambarlari Ishoq (a.s) avlodidandir. Rivoyatga koʻra, yoshi 90 ga yetgan Sora Ishoqga homilador boʻladi va u tugʻilgach, "Yashak" (arabcha "kuladi" maʼnosida) deb nom qoʻyadi. Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand koʻrganini eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. Ishoq (a.s) voyaga yetgach, Rifqa nomli qizga uylanadi va undan egizak farzand koʻradi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat qilinishicha, Ishoq (a.s) 180 yil umr koʻrgan, Madinada dafn etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil