Ishoq ota maqbarasi - Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi meʼ-moriy yodgorlik (10—11-asrlar). Maqba-ra bir xonali, murabba tarxli (7x7 m), gumbaz tomli. Peshtogʻi devordan 0,5 m boʻrttirib ishlangan. Somoniylar maqbarasiga oʻxshash gʻishtlari bezakli qilib terilgan, burchaklari ustunli, gumbaz osti bagʻallari muqarnasli.

Tarzlari markazida ravoq hosil qilinib, panjarasimon shaklda gʻishtlar terilgan. Jan. tomondagi ravoqqa eshik oʻrnatilgan. I.o.m. Oʻrta Osiyodagi eng qad. yodgorliklardan biri hisoblanadi. Keyingi yillardagi taʼmir vaqtida peshtoqi suvalgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil