Ishqorlar

ishqorlar nimaligini bilsizmi
(Ishqordan yoʻnaltirildi)

Ishqorlar – suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleyev davriy siste-masi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniy gidroksid ishqorga kiradi. Ishqor – oq, qattiq, gigroskopik (suvga oʻch) moddalar. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, mas, LiOH, KON, NaOH kuchli asoslar boʻlib, oʻyuvchi ishqor deb ataladi. Ishqoriyer metallar gidroksidlari – Sa(ON)2, Va(ON)2, Sr(OH)2 va NH4OH ancha kuchsiz asos hisoblanadi.

Ishqor suvda toʻla dissotsiatsiyalanib, metall va gidroksid ionlari hosil qiladi (mas, oʻyuvchi natriy (kaustik soda) Na+ va ON~ ga parchalanadi). Bu jara-yonda koʻp issiklik ajralib chiqadi.

Tarkibida ON" ionlari borligidan ishqor eritmalari asoslarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi (vodorod koʻrsatkich – rN>7) va lakmusni koʻk, fenolftaleinni qizil rangga boʻyaydi. Ishqorda kuchli asoslar va kuchsiz kislotalar hosil qilgan koʻpgina kimyoviy birikmalar, mas, ishqoriy metallarning gidrosulfidlari – KSH, NaSH; karbonat kislotaning kaliyli va natriyli tuzlari – K2SO3, Na2CO3 va b. ham, odatda, ishqor hisoblanadi. Ishqor gazlama, koʻn (teri), qogʻozga kuchli taʼsir etib, ularni oʻyib yuboradi. Badan terisi va shilliq pardalarni kuydiradi. Koʻzga ozgina tushea ham juda xavfli (koʻz koʻrmay qolishi mumkin). Ishqor bilan ish-laganda maxsus korjoma, rezina qoʻlqop kiyib va himoya koʻzoynagi ta-qib olish zarur.

Ishqor kimyo va oziq-ovqat, toʻqimachilik, sellyuloza sanoatida, tibbiyotda, kurilishda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil