Ishtixon jome masjidi
Ishtixon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Navoiy koʻchasida joylashgan masjid[1]. Mazkur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan[2].
Masjid | |
Ishtixon jome masjidi
| |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Samarqand |
Shahar | Ishtixon |
Manzil | Samarqand viloyati Ishtixon tumani |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Yaxshilikov Abduxamid |
Holati | amaldagi |
Tarovih | ![]() |
Saharlik va iftorlik | ![]() |
Saharlik va iftorlik | ![]() |
Kutubxona | ![]() |
Qoʻshimcha maʼlumotlar |
Tarixi
tahrirIshtixon masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Masjid 1997-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan[3]. Ushbu masjid hozirgi kunda amaldagi masjidlardan biri hisoblanadi. Masjidning imomi Samarqand viloyati Ishtixon tumanining imom-xatibi Yaxshilikov Abduxamid hisoblanadi[4].
Joylashuvi va faoliyati
tahrirMasjid Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga qarashli hisoblanadi. Masjid qurilishida gumbazlar tuzilishi ancha murakkab boʻlib, peshtoq, ravoq va minoraning turli shakllari oʻziga xos nafis shaklda ishlangan. Bezagida maftunkor naqshlar, koshinkor bezaklar qoʻllanilgan boʻlib, masjid binosining tashqi va ichki bezaklarida oʻzgacha nafislik yaqqol koʻzga tashlanadi. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Ishtixon tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, Ishtixon tumanining aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu masjidga mashrut, avtobus yoki yengil transport vositalari orqali borish mumkin va nomozxonlar uchun masjid har kunlik nomoz vaqtlarida doimo ochiq[4]. Ushbu masjid nomozxonlar uchun zarur maʼlumotlar xabar qilinadigan, haftalik juma, xayit namozlari jamoa boʻlib oʻqiladigan Ishtixon tumanidagi asosiy masjidlar sirasiga kiradi. Shuningdek, masjid Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur’on oʻqiladigan masjidlar roʻyxatiga kiritilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „"ИШТИХОH" жомъе масжиди“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 21-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Ўзбекистон масжидлари“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „"IShTIXON" JOME' MASJIDI“. legat.by. legat.by. Qaraldi: 21-yanvar 2025-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Иштихон жоме масжиди“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „Samarqand viloyatida tarovih namozida Xatmi Qur'on o‘qiladigan masjidlar ro‘yxati“. sammuslim.uz. sammuslim.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.