Ishtixon ovozi
Ishrixon ovozi – Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi va tuman hokimligi gazetasi[1].
Ishrixon ovozi | |
---|---|
Formati | A2 |
Kimga tegishli | Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi va tuman hokimligi |
Bosh muharrir | Matluba Rabbimova(2023-yil dekabrdan beri) |
Tili | o'zbek |
Bosh ofisi | Ishtixon tumani, Ishtixon shahri, Mashrab ko`chasi, 16-uy |
Adadi | 3 266 nusxa (2019-yil) |
Tarixi
tahrirIshtixon ovozi gazetasining birinchi soni 1934-yili sobiq Mitan rayoni partiya qoʻmitasi va tuman Kengashining organi sifatida „Stalin yoʻlidan“ nomi ostida chiqarilgan. Ammo gazetaning dastlabki sonlari saqlab qolinmagan. 1935-yil 12-fevralda chiqqan 7-sonining fotonusxasi mavjud. Keyinroq gazeta „Oktabr yoʻlidan“ nomi bilan nashr etilgan.
Gazetaning dastlabki muharrirlaridan ikki-uch kishining nomlari maʼlum. Ular Zaripov, Daminov, Sultonovlar boʻlgan. Qolganlar tahririyat aʼzolari qatagʻonga uchrab nomlari ham oʻchib ketgan. Ikkinchi jahon urushi paytida muharrir va tahririyat xodimlari frontga jalb qilinganligi tufayli gazeta faoliyati toʻxtab qolgan. 1950-yildan 1960-yilgacha gazetaga J.Qodirov, N.Zayniyev, T.Alimov, A.Sayfullayevlar muharrirlik qilgan. M.Navroʻzov, N.Begimov, N.Roʻziyev, kabi jurnalistlar mas’ul kotib lavozimida ishlagan.
1963-yilda Ishtixonda „Kolxoz hayoti“ nomli gazeta taʼsis etildi. Unga jurnalist N.Begimov muharrir qilib tayinlandi. Gazeta tuman bosmaxonasida „A3“ formatda nashr etila boshladi. Gazeta tahririyatida Rahimjon Sattorov, Ibodxon Bahodirov, Mamarahim Mardiyev, Rashid Tayloqovlar ishlagan. Kolxoz hayoti gazetasiga 10 yil N.Begimov bosh muharrir boʻlgan.
Zayniddin Bahriddinov 1965-yilda gazeta tahririyatida ish boshlagan. U 1973-yildan gazetaning bosh muharriri etib tayinlandi. XX asrning 70-yillarida haftasiga tuman bosmaxonasida 3 marta gazeta nashr etilgan. Davr talabidan kelib chiqib gazeta „Stalin yoʻlidan“, „Oktabr gʻalabasi“, „Kolxoz xayoti“ kabi turli nomlar bilan chop etib kelingan. 1991-yilning sentabridan gazeta „Ishtixon ovozi“ nomi bilan nashr etila boshlangan[2].
2015-yildan beri gazeta „A 4“ formatda, rangli tasvirda „Sherdor plyus poligraf“ MChJ bosmaxonasida chop etilmoqda. Gazetaning bosh offisi Ishtixon shahri, Mashrab koʻchasi 16-uyda joylashgan. 2023-yil yanvar oyida Ishtixon ovozi gazetasi 3266 nusxada chop etilishi eʼlon qilindi[3]. Gazeta 2018-yilda 6400 nusxada chop etilgan edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ „“Иштихон овози” газетаси тарихи ҳақида“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Бу йил Самарқанд вилоят, туман, шаҳар газеталари неча нусхада чоп этилади?“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.