Isiriq solish — odamlar va turli narsalarga goʻyo koʻz tegishini va har xil ofatlarni qaytarish maqsadida isiriq oʻsimligining qurigan shox barglarini tutatish. Ilgari I.s. irim qatoridagi odat boʻlgan. [[Isiriqhokandoz yoki sopol tovokda choʻgʻ ustiga qoʻyib tutatiladi, uy ichi, odamlar, I.s. moʻljallangan narsalar tutun bilan dudlanadi. Badboʻy islarni yoʻqotish uchun ham isirik solinadi. Baʼzi joylarda isiriqni isiriqdonga solib tutatib, bozordagi kishilarga I.s. bilan ulardan haq oluvchi kishilar ham uchraydi (isi-riqda ilohiy bir quvvat bor deb eʼti-qod qilishgan, tabarruk oʻsimlik hisoblangan). Aslida esa isiriq tutunida har xil mikrob va viruslarni zararsizlantiradigan moddalar bor (qarang [[Isiriq).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil