Isitma tushiruvchi dorilar — termoregulyasiya markazlariga taʼsir etib, ularning qoʻzgʻaluvchanligini susaytiradigan va teri tomirlarini kengaytiradigan dorilar. Bunday dorilar badan sirtiga koʻproq qon keltiradi, ter chiqishini oshiradi va shu bilan organizmdan tashqariga issiklik chiqishini kuchaytiradi (fenatsetin, antipirin, amidopirin, analgin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislota — aspirin va b.). Bular yalligʻlanishni kamaytiradi va ogʻriqni bosadi. I. t. d. koʻpincha birbiri bilan, shuningdek, kofein bilan birga ishlatiladi, mas, analgin + amidopirin + kofein; atsetilsalitsil kislota + fenatsetin + kofein va hokazo. Bundan tashqari, reopirin (butadion + amidopirin), baralgin (analgin + pitofenon + feniveriniy) va sedalgin (kodein + kofein + fenatsetin + atsetilsalitsil kislota + fenobarbital) degan preparatlar ham ishlab chiqariladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil