Iskandar Ikromov
Ikromov Iskandar (1904.15.4 -Toshkent — 1972.6.11) — grafik rassom, kitob grafikasi ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Turkiston rassomlik maktabida (1922—24), Leningrad Badiiy sanoat texnikumida (1925—29) taʼlim olgan. Oʻzbekiston davlat nashriyotida bezak boʻlimining mudiri (1929-59), Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1959— 65). 30-y.larda Samarkand pedagogika texni-kumi va b. bilim yurtlarida dars bergan. I. ijodida oʻzbek xalq amaliy bezak sanʼati (naqsh) anʼ-analarini rivojlantirib, kitob grafikasida mohirona qoʻlladi: V. Uspenskiyning "Farhod va Shirin" musiqali dramasi partituralari (1937), Muqimiy "Sheʼ-rlar"i (1938), "Oʻzbek xalq qoʻshiqlari" (1939) va b. Alisher Navoiyning 500 va 525 yilligi munosabati bilan sho-irning "Hamsa", 4 jildli "Xazoyin ul-maoniy" devoni (1959—60), "Lirika" toʻplami (1964), Ibn Sino, Beruniylarning oʻzbek va rus tillarida nashr qilingan asarlari, kup jildli "Oʻzbek xalq musiqasi", Oybekning "Navoiy" romani va b. kitoblarga ish-lagan bezaklarida rassom naqsh detallarini kitob gʻoyasini ochib berishga xizmat qildirib, kitobat sanʼatida oʻziga xos badiiy uslub yaratdi. I. bezagan kitoblar Leypsig sh.da utkazilgan Xalqaro kitob kurgazmasida diplom va medal bilan mukofotlangan (1959).
I. grafikaga doir koʻpgina qullanmalar yaratgan ("Oʻzbekcha rasmlik kesma alifbe", 1932; "Rasm oʻrganish qullanmasi", "Harf yozishni oʻrganing",1935 va b.).
Adabiyot
tahrir- Krukovskaya S. M., Iskandar Ikramov, T., 1967; Kitob naqqoshi, T., 1993.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |