Iskandarkoʻl
(Iskandarko'ldan yoʻnaltirildi)
Iskandarkoʻl — Tojikistondagi koʻl. Hisor togʻ tizmasining shim. yon bagʻrida. Iskandardaryo havzasida dengiz sathidan 2195 m balandlikda. I. togʻ qulab Iskandardaryo vodiysini toʻsib qoʻyishi natijasida paydo boʻlgan. Uzunligi 3,3 km, eng keng joyi 2,9 km, mayd. 3,4 km², eng chuqur joyi 72 m, oʻrtacha chuq. 51 m. Qoʻlning suv hajmi 173 mln. m³. I.ga bir necha soy va jilgʻalar quyiladi, faqat Iskandardaryo oqib chikali. Quyilayotgan va chiqib ketayotgan suv miqdoriga qarab I.ning suv sathi oʻzgarib turadi. I. suvi eng issiq oylarda 10—12° ga qadar isiydi, yanvarningoʻrtalaridan martning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Suvi tiniq va chuchuk. I. — chiroyli tog kullaridan biri. Turizm rivojlangan.[1]