Gʻoyibnazar Matmurodovich Iskandarov (1934-yil 20-noyabr, Toshhovuz1994-yil 20-dekabr, Toshkent) — aktyor, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1957) va rejissyorlik (1983) fakultetlarini tugatgan. Hamza teatrida aktyor (1954—1961), Oʻzbekiston televideniyesida aktyor va rejissyor (1961—1977), Jizzax teatrining bosh rejissyori (1977—1981), Jizzax filarmoniyasining direktori (1981—1987), Oʻzbekiston radiosida rejissyor (1988—1994). Asosiy rollari: Moʻmin Mirzo ("Alisher Navoiy"), Omon („Yangi yer“), Nizom („Hurriyat“) va boshqalar. Rejissyorlik qilgan asarlari: „Jamila“ (Chingiz Aytmatov), „Shishali yurak“ (L. Ustinov), „Bevafo yakan“ (A. Jamol, Gʻ. Iskandarov) kabi telespektakllar; „Zoʻraki tabib“ (Molyer), „Oygul bilan Baxtiyor“ (Hamid Olimjon), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (Said Ahmad) va boshqa spektakllar[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil