Iskandarshoh (Iskandar Bitishgan) (? — 1417) — Kashmir podshohi (1394—1417). Kashmirga islom dinini olib kirgan Mir Shamsuddin Darveshning nabirasi. Otasi Sulton Qutbuddin vafot etgach (1394), taxtga oʻtirgan. Davlatni mahorat va qattiqqoʻllik bilan idora qilgan. Mamlakatdagi qindlarni islomga daʼvat qilib, koʻpchiligini masjidu jomelarda namoz oʻqiydigan qila olgan, talaygina butxonalarni jangu janjalsiz buzdirishga muvaffaq boʻlgan. Shu bois xalq unga "Bitishgan" degan faxriy laqab bergan. Amir Temur Hindistonga yurish qilganda, Sharafuddin Ali Yazdiy yozishicha, "Kashmir elchisikim, Iskandarshoxdin kelib erdi va izhori itoat qilib erdi. Bas, bu elchilarga kub nima berib, ijozat (berdi). Va Iskandarshohkim, Kashmirning podshohi erdi, anga aytib yibardikim, "Daybalpur shaxrida (oʻz cheriki bila) kelib bizni koʻrsun!".[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil