Iskandarxon madrasasi
Iskandarxon madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Iskandarxon madrasasi XVI asrning ikkinchi yarmida Atlamish guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan shayboniylar sulolasi vakili Iskandarxon tomonidan bunyod etilgan. Madrasa hujjatlarda masjid sifatida ham tilga olinadi. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Fuladboy ismli kishi Iskandarxon masjidi shimolida 3 ta hujra qurgan. Unga mazkur masjid imomi mudarris boʻlgan. Mudarris 1 tilla maosh oladi. Masjid imomligidan esa 75 tilla maosh olgan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra madrasaning yillik vaqf mablagʻi 25 ming tangani tashkil etgan. Iskandarxon ibn Jonibekxon ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon Buxoro xonligini 1557—1583-yillarda boshqaradi. Amalda esa hokimiyat uning oʻgʻli Abdullaxon II qoʻl ostida boʻlgan. Iskandarxonning 4 ta oʻgʻli Abulgʻoziy Abdullaxon, Abulfath Ibodulla sulton, Abdulquddus sulton, Abulatif sulton va 1 ta qizi Zuhra oyim boʻlgan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra Atlamish va Iskandarxon guzari bundan oldin bitta boʻlgan. U Iskandarxonning masjidi toʻgʻrisida ham maʼlumot berib oʻtgan. Uning fikriga koʻra masjidning 21 ta hujrasi boʻlgan. Madrasa mutavvalisi vaqf yerlaridagi hosildan ushr olgan. Madrasada mutavvali oʻqish jarayonlarini nazorat qilib turgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa har bir hujrasida ikki nafar talaba yashagan[2].
Iskandarxon madrasasi 21 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Iskandarxon madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Iskandarxon |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Iskandarxon |
Asosiy sana: XVI asrning ikkinchi yarmi
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 21 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |