Iskander Aminovich Xisamov (1957-yil 23-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – rossiyalik teleboshlovchi, jurnalist va siyosatshunos[1].

Iskander Xisamov
Tavalludi
Iskander Aminovich Xisamov

1957-yil 23-iyul
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi teleboshlovchi, jurnalist, siyosatshunos
Turmush oʻrtogʻi Svetlana Xisamova
Bolalari Zarina (1980-yilda tugʻilgan), Dilyara (1985-yilda tugʻilgan), Amina (2011-yilda tugʻilgan), Nina (2014-yilda tugʻilgan)

Hayoti

tahrir

Iskander Xisamov 1957-yil 23-iyulda Toshkentda tugʻilgan. 1978-yili Toshkent Davlat universiteti (ToshDU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Xisamov 1978—1981-yillarda Samarqand viloyati „Leninskiy put“ gazetasida muxbir boʻlib ishlagan.

1981-yildan 1984-yilgacha – Toshkentning „Pravda Vostoka“ gazetasi mas’ul kotibining oʻrinbosari.

1984-yildan 1990-yilgacha – Oʻzbekiston SSR TASS respublika boʻlimida bosh muharrir.

1989-yilda SSSR xalq deputatlarining birinchi qurultoylarida TASSning parlament muxbiri boʻlib ishlagan.

1990–1991-yillarda – „Pravda Vostoka“ gazetasida boʻlim mudiri.

1991-yilda Moskva nashrlarida „Izvestiya“, „Literaturnaya gazeta“, „Trud“ gazetalarida faoliyat olib borgan. U Oʻzbekistondan turk-mesxetiyaliklarni genotsid qilish va deportatsiya qilish, respublika rahbariyati tomonidan avgust toʻntarishini qoʻllab-quvvatlash, ayollarni oʻz-oʻzini yoqish muammosiga bagʻishlangan tanqidiy maqolalarni nashr etgan. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibi Islom Karimovning shaxsiy buyrugʻi bilan „Pravda Vostoka“ gazetasidan boʻshatilgan. Keyin Oʻzbekistonni tark etishga majbur boʻladi.

1992–1993-yillarda Rossiyaning „Megapolis“ va „Siti N“ nashrlarida jurnalist boʻlib ishlagan.

1993-yildan 1998-yilgacha – „Bronnitskiy News-Televiziya“ axborot-madaniy markazi direktori (Moskva viloyati). 1998-yildan – siyosat boʻlimi boshligʻi, 2000-yildan 2004-yilgacha – Rossiyaning „Ekspert“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari[2]. Shu bilan birga, 1999–2000-yillarda Vladimir Poznerning tahliliy teledasturlari bosh muharriri boʻlib ishlagan.

2004-yilda „Ekspert-Ukraina“ jurnalini nashr qilishni tashkil qilib[3][2], u yerda 2009-yilgacha rahbarlik qiladi[2].

2009–2010-yillarda prezidentlik saylovlarida Sergey Tigipko shtabida ekspertlar guruhini boshqargan.

2010-yilda „Ekspert kengashi“ tahliliy markazini, „Islohotlar klubi[4]“ UmumUkraina jamoat tashkilotini tashkil etib, unga rahbarlik qilgan. Soʻng, uning prezidenti etib saylanadi. Klub Ukrainadagi islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishdan manfaatdor boʻlgan oʻrta biznes vakillarini birlashtiradi.

Oilasi

tahrir

Turmush oʻrtogʻi: Svetlana Valeryevna Xisamova (1983-yili tugʻilgan), jurnalist. Bolalari: Zarina (1980-yilda tugʻilgan), Dilyara (1985-yilda tugʻilgan), Amina (2011-yilda tugʻilgan), Nina (2014-yilda tugʻilgan).

Manbalar

tahrir
  1. Iskander Xisamov. Spravka | RIA Novosti Ukraina
  2. 2,0 2,1 2,2 „Искандер Хисамов“ (deadlink). 2015-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
  3. „Деловой аналитический украинский журнал : Эксперт Украина“ (deadlink). 2017-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  4. „Reformatorskiy klub: Sayt obщestvennoy organizatsii“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.