Iskofiy
Iskofiy (taxallusi; asl ismi Abulqosim Ali ibn Muhammad) (10-asr, Chagʻoniyon; hozirgi Surxondaryo viloya-ti, Denov tumani) — shoir, kotib, notiq. Huroson hokimi Abu Ali as-Sagʻoniy (940—955) saroyida devon boshligʻi boʻlgan. Somoniylar amiri alhamid Noʻh ibn Nasr (943—954)ning saroyiga etgan taklifini rad qilgan. Ammo Noʻh bilan boʻlgan jangda Abu Ali yengilgan, I. ham asir olingan. Noʻh shoirni oʻz saroyida devon boshligʻi oʻrinbosari (948), soʻng boshligʻi etib tayinlagan. I. rasmiy xatlarni yozishga mohir boʻlgan, notiqlik sanʼatini puxta egallagan, noma janrini rivojlantirgan. I. iboralari xalq orasida aforizm va maqollarga aylanib ketgan. 21 sheʼri saqlangan, koʻpchiligi hajviy. Ayrimlarida saroy amaldorlari tanqid qilingan. I. turli mavzularda vasflar yozgan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |