Islandiya ayollar ligasi
Islandiya ayollar ligasi (island tilida: Besta deild kvenna) Islandiyadagi ayollar futbolining eng yuqori ligasidir. Islandiya ayollar ligasida UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi chempionlikni aniqlash uchun ikki davrali tizimda (uy va safar uchrashuvlari) o'ynaydigan 10 ta jamoa mavjud. 2022-yilgi mavsumgacha Islandiya ayollar ligasi Urvalsdeild kvenna deb nomlangan. 2022-yilgi mavsumga kelib Islandiya ayollar ligasining brend nomi Besta deild kvenna sifatida qayta nomlangan[1].
Davlat | Islandiya |
---|---|
Konfederatsiya | UEFA |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 1-darajali |
Tashkil etilgan | 1972-yil |
Jamoalar soni | 10 ta |
Pastki liga | 1. deild kvenna |
Ichki kuboklar | Islandiya ayollar futbol kubogi |
Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi |
Amaldagi chempion | Breiðablik |
Eng koʻp marta chempion | Breiðablik (19 marta) |
Veb-sayt | ksi.is |
Joriy mavsum: 2023-yilgi mavsum Islandiya ayollar ligasi |
Tarixi
tahrirIslandiya ayollar ligasi 1972-yilda boshlangan. Islandiya ayollar ligasining ilk mavsumida (1972-yil) sakkizta jamoa ikki guruhga bo'lingan. Ilk mavsumdagi har bir guruhning eng yaxshi jamoalari FH va Ármann bo`lishgan va ular Islandiya ayollar ligasi g`olibini aniqlash uchun o`zaro final uchrashuvini o`tkazishgan. Islandiya ayollar ligasining ilk mavsum final o`yinida FH jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. 1976-yilda faqat beshta jamoa Islandiya ayollar ligasida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tdi, shuning uchun guruh tartibi bekor qilindi va buning o'rniga jamoalar bitta diviziya (guruh)da uy va safar o'yinlari bilan o'ynashdi. Islandiya ayollar ligasining keyingi mavsumlarida mashg'ulotlar yo'qligi, mashg`ulotlar o`tkazish uchun maxssus maydonlariga kirish imkonining yo'qligi va futbolni ayollar o`rtasida rivojlantirish bo`yicha yoshlar dasturlari kam yoki umuman yo'qligi sababli borgan sari kamroq va kamroq jamoalar ishtirok etdi. 1980-yilda Islandiya ayollar ligasida atigi uchta jamoa qatnashganidan so'ng, keyingi mavsumda beshta yangi jamoa musobaqa uchun ro'yxatdan o'tdi va Islandiya ayollar ligasi Islandiya ayollar futbol kubogi turniriga qo'shib yuborildi[2]. 2022-yil 24-fevralda Islandiya ayollar ligasi Besta deild kvenna brend nomini qabul qildi[3].
Chempionlar
tahrirIslandiya ayollar ligasining barcha mavsum chempionlari ro'yxati:[4]
- 1972: FH
- 1973: Ármann
- 1974: FH
- 1975: FH
- 1976: FH
- 1977: Breiðablik
- 1978: Valur
- 1979: Breiðablik
- 1980: Breiðablik
- 1981: Breiðablik
- 1982: Breiðablik
- 1983: Breiðablik
- 1984: ÍA
- 1985: ÍA
- 1986: Valur
- 1987: ÍA
- 1988: Valur
- 1989: Valur
- 1990: Breiðablik
- 1991: Breiðablik
- 1992: Breiðablik
- 1993: KR
- 1994: Breiðablik
- 1995: Breiðablik
- 1996: Breiðablik
- 1997: KR
- 1998: KR
- 1999: KR
- 2000: Breiðablik
- 2001: Breiðablik
- 2002: KR
- 2003: KR
- 2004: Valur
- 2005: Breiðablik
- 2006: Valur
- 2007: Valur
- 2008: Valur
- 2009: Valur
- 2010: Valur
- 2011: Stjarnan[5]
- 2012: Þór/KA
- 2013: Stjarnan[6]
- 2014: Stjarnan
- 2015: Breiðablik
- 2016: Stjarnan
- 2017: Þór/KA
- 2018: Breiðablik[7]
- 2019: Valur[8]
- 2020: Breiðablik
- 2021: Valur
- 2022: Valur
- 2023: Valur
- 2024: Breiðablik
Chempion jamoalar reytingi
tahrirReyting | Klub | Chempionlik |
---|---|---|
1 | Breiðablik | 18 |
2 | Valur | 12 |
3 | KR | 6 |
4 | FH | 4 |
5 | Styarnan | 4 |
6 | ÍA | 3 |
7 | Þór/KA | 2 |
8 | Ármann | 1 |
O'yinchilar
tahrirYilning eng yaxshi futbolchilari
tahrirManba:[12]
Islandiya ayollar futbolining barcha davrlardagi eng yaxshi to'purarlari
tahrirReyting | Futbolchi | Faoliyat yillari | Gollar | O`tkazgan o`yinlar | Samaradorlik ko`rsatkichi |
---|---|---|---|---|---|
1 | Olga Færseth | 1992–2008 | 269 | 217 | 1.24 |
2 | Margrét Lára Viðarsdóttir | 2000–2008, 2016-2019 | 207 | 143 | 1.46 |
3 | Harpa Þorsteinsdóttir | 2002–2018 | 181 | 252 | 0.72 |
4 | Ásta Breiðfjörð Gunnlaugsdóttir | 1976–1995 | 154 | 143 | 1.08 |
Helena Ólafsdóttir | 1986–2001 | 154 | 193 | 0.80 | |
6 | Hrefna Huld Jóhannesdóttir | 1995–2009 | 147 | 176 | 0.84 |
7 | Laufey Sigurðardóttir | 1981–1998 | 137 | 178 | 0.77 |
Berglind Björg Þorvaldsdóttir | 2007–2020 | 137 | 190 | 0.72 | |
9 | Ásthildur Helgadóttir | 1991–2003 | 133 | 153 | 0.87 |
10 | Elín Metta Jensen | 2010– | 126 | 169 | 0.75 |
11 | Rakel Hönnudóttir | 2006–2017, 2020 | 125 | 215 | 0.58 |
12 | Hólmfríður Magnúsdóttir | 2000–2008, 2011, 2017-2021 | 124 | 167 | 0.75 |
13 | Fanndís Friðriksdóttir | 2005–2012, 2014–2017, 2018- | 111 | 216 | 0.51 |
14 | Kristín Ýr Bjarnadóttir | 2000–2004, 2008–2011, 2013–2016 | 102 | 153 | 0.67 |
15 | Ásgerður Ingibergsdóttir | 1992–2005 | 97 | 162 | 0.60 |
16 | Dóra María Lárusdóttir | 2001–2010, 2012–2014, 2016–2021 | 94 | 269 | 0.35 |
17 | Guðrún Jóna Kristjánsdóttir | 1985–2004 | 91 | 215 | 0.42 |
Rakel Logadóttir | 1997–2014 | 91 | 216 | 0.42 | |
19 | Kristrún Lilja Daðadóttir | 1986-2002 | 87 | 172 | 0.51 |
20 | Björk Gunnarsdóttir | 2001–2014 | 86 | 173 | 0.50 |
Manba: KSI sayti
Mavsumning eng yaxshi to'purarlari
tahrirYana qarang
tahrir- Urvalsdeild karla (erkaklar futbol ligasi)
Manbalar
tahrir- ↑ Helga Margrét Höskuldsdóttir. „Nýtt vörumerki með rætur íslenskri knattspyrnusögu“ (Icelandic). RÚV (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ Bylgja Eybjörg Arnarsdóttir. „Kvennaknattspyrna í Evrópu: Saga og þróun“ (Icelandic). Skemman. National and University Library of Iceland. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
- ↑ Helga Margrét Höskuldsdóttir. „Nýtt vörumerki með rætur íslenskri knattspyrnusögu“ (Icelandic). RÚV (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „List of champions“ (Icelandic). fsi.is. 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-avgust.
- ↑ „Stjarnan women win 1st championship“ (Icelandic). stjarnan.is (2011-yil 31-avgust). 2011-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-avgust.
- ↑ „Stjarnan storm to Iceland's women's title“. freenewspos.com (2013-yil 29-avgust). 2014-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-sentyabr.
- ↑ Anton Ingi Leifsson.. „Breiðablik Íslandsmeistari í sautjánda sinn“ (Icelandic). Vísir.is (2018-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-sentyabr.
- ↑ Kristján Jónsson.. „Valur Íslandsmeistari í ellefta sinn“ (Icelandic). Mbl.is (2019-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
- ↑ Gunnarsson, Henry Birgir. „Andri og Mayor best“ (Icelandic). Vísir.is (2017-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 3-oktyabr.
- ↑ Anton Ingi Leifsson. „Sandra best, Alexandra efnilegust og Bríet besti dómarinn“ (Icelandic). Vísir.is (2018-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 23-sentyabr.
- ↑ Anton Ingi Leifsson, Svava Kristín Gretarsdóttir. „Elín Metta og Óskar Örn best, Finnur og Hlín efnilegust“ (Icelandic). Vísir.is (2019-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Women's Players' Footballer of the Year“. KSI.is. 2014-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr.
Havolalar
tahrir- Rasmiy saytdagi turnir jadvali
- women.soccerway.com
- IcelandFootball.net - Birinchi darajali ayollar chempionlari ro'yxati (English)