Islandiya milliy futbol terma jamoasi
Islandiya milliy futbol terma jamoasi (islandcha: Íslenska karlalandsliðið í knattspyrnu) erkaklar xalqaro futbolida Islandiya sharafini himoya qiladi. Jamoa Islandiya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi va 1947-yildan beri FIFA aʼzosi. 1957-yildan beri UEFA aʼzosi hisoblanadi. Jamoaning laqabi Strákarnir okkar boʻlib, islandcha Bizning yigitlarimiz degan maʼnoni anglatadi.
Tahallusi | Strákarnir okkar (Our Boys) | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya | Knattspyrnusamband Íslands (KSÍ) | ||
Konfederatsiya | UEFA (Europe) | ||
Bosh murabbiy | Åge Hareide[1] | ||
Sardor | Aron Gunnarsson | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Birkir Bjarnason (113) | ||
Eng yaxshi toʻpurar |
Eiður Guðjohnsen Kolbeinn Sigþórsson (26) | ||
Uy stadioni | Laugardalsvöllur | ||
FIFA kodi | ISL | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 67 ▬ (20 July 2023)[2] | ||
Eng yuqori | 18 (February–March 2018) | ||
Eng past | 131 (April–June 2012) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Unofficial Farer orollari 0–1 Islandiya (Tórshavn, Faroe Islands; 29 July 1930)[3] Official Islandiya 0–3 Daniya (Reykjavík, Iceland; 17 July 1946)[4] | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Unofficial Islandiya 9–0 Farer orollari (Keflavík, Iceland; 10 July 1985)[5] Official Lixtenshteyn 0–7 Islandiya (Vaduz, Liechtenstein; 26 March 2023) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Daniya 14–2 Islandiya (Copenhagen, Denmark; 23 August 1967) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2018-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Group stage (2018) | ||
European Championship | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2016-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Quarter-finals (2016) |
Jamoa 2010-yillarning ikkinchi yarmida muvaffaqiyatli oʻyinlar koʻrsatdi. 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Islandiya terma jamoasi oʻz guruhidan pley-offga chiqqan va Xorvatiyaga magʻlub boʻlgan. Islandiya 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahslarida ham bir qancha yorqin oʻyinlar koʻrsatdi. Jumladan, Gollandiya ustidan uy va safarda gʻalaba qozonilganligi tufayli saralash oʻyinlaridan 2016-yilgi Yevropa chempionati finaliga yoʻllanma oldi[6]. 2016-yilgi Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqqan Islandiya 1/8 finalda Angliyani magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda mezbon Fransiyaga 5:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Islandiya milliy futbol terma jamoasi 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan eng kichik davlat (aholi soni boʻyicha)ga aylandi. Dastlabki o‘yinda Argentina bilan durang o‘ynadi, ammo baribir guruh bosqichidan chiqolmadi[7][8].
Tarix
tahrirXX asr
tahrirIslandiya futbol ligasi 1912-yilda tashkil etilgan boʻlsada, mamlakatning birinchi xalqaro oʻyini 1930-yil 29-iyulda Farer orollariga qarshi oʻtkazilgan. Islandiya mehmonda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Ammo ikkala jamoaning ham oʻsha paytda FIFAga aloqasi yoʻq edi[9]. FIFA tomonidan rasman tan olingan birinchi oʻyin 1946-yilning 17-iyulida Reykyavikda boʻlib oʻtgan va raqib jamoa Daniyaga 0:3 hisobida yutqazgan. Birinchi xalqaro gʻalaba 1947-yilda Finlandiyaga qarshi oʻyinda qayd etilgan. Islandiya futbol assotsiatsiyasining (KSÍ) dastlabki 20-yilida jamoa FIFA Jahon chempionati yoki UEFA Yevropa chempionati saralashida qatnashmagan. 1954-yilda Islandiya 1954-yilgi Jahon chempionati saralashida ishtirok etish uchun ariza berdi, ammo ariza rad etildi[10]. 1958-yilgi Jahon chempionati saralashida Islandiya 26 ta gol oʻtkazib yuborgan holda oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egalladi.
1980-yilda Islandiya Grenlandiya kubogi deb nomlanuvchi oʻrtoqlik turnirining birinchi mavsumida ishtirok etgan va gʻalaba qozongan[11].
1974-yildan buyon jamoa har bir jahon chempionati va Yevropa chempionati saralashlarida ishtirok etib keladi. 1994-yilda jamoa FIFA Jahon reytingida 37-oʻrinni egallagan. 2016-yilda 21-oʻringacha chiqishga muvaffaq boʻldi[12]. 1996-yil 24-aprelda Tallinda Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan. Unda Eidur Smári Gudjohnsen otasi Arnorning oʻrniga maydonga tushdi va gol uerdi.
XXI asr
tahrir2004-yilgi Yevropa chempionati saralashida Islandiya oʻz guruhida Shotlandiyadan bir ochko ortda qolgan holda uchinchi oʻrinni egalladi[13]. Natijada ular pley-off bosqichiga chiqa olmadilar[14].
2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bahslarida Shimoliy Irlandiyaga qarshi ikkita (safarda 3:0, 2:1) magʻlubiyatga uchradi. Keyingi oʻyinda ham Ispaniyaga (uyda 1:1 hisobidagi durang va mehmonda 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat) yutqazdi. Latviyaga qarshi (mehmonda 0:4, uyda 2-4) va Lixtenshteynga qarshi oʻyinda(0-3 mehmonda, 1-1 uyindagi durang) natijasini qayd etdi.
Islandiyada qish 8 oy davom etadi. Bu esa futbolchilarga noqulayliklar tugʻdiradi. 2000-yillarda Islandiya futboli haqiqiy inqilobni boshdan kechiradi. Iqtisodiy yuksalish hukumatga sintetik chim stadionlarini rekonstruksiya qilishga imkon beradi. Bu yangi tuzilmalar yoshlarni sportga moyillikni oshirdi va hatto o‘smirlar o‘rtasida spirtli ichimliklar va tamaki isteʼmolining kamayishiga olib keladi[15].
2016-yilgi Yevropa chempionati
tahrirIslandiya 2015-yilda 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining A guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan. Guruh bosqichida ikkita oʻyinda magʻlub boʻlgan. 2014-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan Gollandiyani ikki marta magʻlub etib 2016-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi[16]. Saralash bosqichidagi natijalardan soʻng terma jamoa FIFAning Jahon reytingida 23-oʻrinni egalladi. Bu Islandiya milliy futbol terma jamoasi tarixidagi enga yaxshi natija boʻldi. Islandiya final turnirida Portugaliya, Vengriya va Avstriya bilan bir guruhdan joy oldi.
2016-yilgi Yevropa chempionati final oʻyinlarida Islandiya Portugaliya va Vengriyaga qarshi guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etdi. Keyin ular Avstriyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, o‘z guruhidan chiqdi. Islandiya 1/8 finalda Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng turnirning chorak finaliga yo‘llanma oldi. Bu natijadan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Hodgsonning sharmandalarcha isteʼfoga chiqishiga sabab bo‘ldi. Biroq, ular chorak finalda mezbon Fransiya terma jamoasi tomonidan magʻlub etildi. Oʻyin 5:2 hisobida yakunlangan[17][18].
2018-yilgi Jahon chempionati
tahrirIslandiya 2017-yil 9-oktyabr kuni Kosovo terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu natijadan soʻng terma jamoa ilk bor 2018-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi[19]. Bu natija bilan, ular final bosqichiga chiqqan eng kam aholiga ega mamlakatga aylandi. Islandiya koʻpchilik tomonidan „oʻlim guruhi“ deb hisoblangan guruhdan joy oldi. Guruhda Xorvatiya, Argentina va Nigeriya terma jamoalari bor edi[20]. Dastlabki oʻyinda Argentina milliy futbol terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etildi. Biroq keyingi oʻyinda Nigeriyaga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. Shundan soʻng guruhdan chiqish imkoniyatlari yomonlashdi. Islandiya guruhdagi soʻnggi oʻyinida Xorvatiyaga magʻlub boʻldi. Argentina Nigeriya ustidan gʻalaba qozongani uchun Islandiya bir ball bilan guruhda oxirgi oʻrinni egalladi.[21][22][23]
2018—2019-yigi UEFA Millatlar ligasi
tahrir2016-yilgi Yevropa chempionati va 2018-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Islandiya 2020-yilgi Yevropa chempionatiga chiqolmadi. Biroq, jamoa yangi musobaqa Millatlar Ligasida ishtirok etdi. Guruhda Shveysariya va Belgiya bilan A ligasining 2-guruhidan joy olgan. Islandiya terma jamoasi guruhda oxirgi oʻrinni egalladi. UEFAning qaroriga koʻra Islandiya 2020—2021-yilgi mavsum uchun ham B ligasida ishtirok etadigan boʻldi.
2020-yilgi Yevropa chempionati
tahrirIslandiya terma jamoasi Jahon chempionlari Fransiya, Turkiya, Albaniya, Andorra va Moldova bilan 2020-yilgi Yevropa chempionati saralashining H guruhidan joy oldi. Ular safarda koʻp magʻlubiyatga uchradi (Shveytsariyaga qarshi 0-6). Guruhning oxirgi uchta oʻyinda magʻlub boʻlishdi. Albaniyaga qarshi safarda yirik magʻlubiyat qayd etildi (4-2). Biroq, ular turklardan 6 balldan 4 ball qoʻlga kiritdi va guruh bosqichida Turkiyadan magʻlubiyatga uchramagan yagona jamoa boʻldi. Yakuniy natijalarga koʻra jamoa 19 ball bilan Turkiya va Fransiyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi[24].
2022-yilgi Jahon chempionati
tahrirIslandiya 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini magʻlubiyatlar bilan boshladi. Jumladan, turnir boshida Germaniyaga 0:3 hisobida va Armanistonga 0:2 hisobda magʻlub boʻldi. Keyingi oʻyinda Lixtenshteyn ustidan 4:1 hisobidagi gʻalaba qozondi[25][26]. Keyingi oʻyinlarda Ruminiya va Germaniyani magʻlub etildi. Ammo navbatdagi oʻyinlarda ketma-ket magʻlubiyatlar sababli 9 ball bilan jahon chempionati saralashini 5-oʻrinda yakunladi[27]. 2020-yilgi Jahon chempionati saralash bahslaridagi natijalar bir qancha omillarga bogʻliq edi. Jumladan jamoa tarkibida yosh oʻyinchilar kam edi va OAVdagi bir qancha jinsiy zoʻravonliklar haqidagi xabarlar jamoa ruhiyatiga taʼsir qilgan
Jamoa imiji
tahrirMilliy terma jamoa uy ranglari sifatida koʻkdan, ikkinchi rang sifatida oqdan foydalanadi. Uularning tepasida mahalliy folklorida keltirilgan Islandiyaning toʻrtta "qoʻriqchi ruhi " (Landvættir) tasvirlangan. Shuningdek, dev, ajdaho, buqa va burgut ham bor. Jamoa gerbi 2020-yilda qabul qilingan va Reykyavikdagi Bradenburg firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ilgari jamoa Islandiya futbol assotsiatsiyasining islandcha (KSI) qisqartmasidan iborat qalqon koʻrinishidagi ramzni oʻz ichiga olgan jamoa gerbidan foydalngan[28][29].
Islandiya muxlislari 2010-yillarning oʻrtalarida Viking Thunder Clap qoʻshigʻini qoʻllash bilan mashhur boʻldi. Bu qoʻshiqda muxlislar qoʻllarini boshlari uzra qarsak chalib, „ha!“ deb baqirishadi. Bu anʼana Shotlandiyaning „Motherwell FC“ klubidan kelib chiqqan[30].
Jamoa formasini ishlab chiqaruvchilar
tahrirRasmiy toʻplam 2020-yildan beri Germaniyaning Puma sport ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Undan oldin toʻplamni yetkazib beruvchilar Umbro (1975), Adidas (1976-1992), ABM (1992-1996), Reusch (1996-2001) va Errea (2002-2020) kabi kompaniyalar boʻlgan.
Futbolchilar
tahrirEng koʻp maydonga tushgan futbolchilar
tahrirDaraja | Futbolchi | Ishtirok | Gollar | Faoliyati |
---|---|---|---|---|
1 | Birkir Bjarnason | 113 | 15 | 2010-hozir |
2 | Rúnar Kristinsson | 104 | 3 | 1987-2004 |
3 | Birkir Már Sævarsson | 103 | 3 | 2007-2021 |
4 | Aron Einar Gunnarsson | 100 | 2 | 2008-hozir |
5 | Ragnar Sigurðsson | 97 | 5 | 2007-2020 |
6 | Kári Árnason | 90 | 6 | 2005-2021 |
7 | Hermann Hreiðarsson | 89 | 5 | 1996-2011 |
8 | Eiður Guðjohnsen | 88 | 26 | 1996-2016 |
9 | Ari Freyr Skúlason | 83 | 0 | 2009-2021 |
10 | Jóhann Berg Guðmundsson | 82 | 8 | 2008-hozir |
Eng yaxshi toʻpurarlar
tahrirDaraja | Futbolchi | Gollar | Ishtirok | Nisbat | Faoliyati |
---|---|---|---|---|---|
1 | Kolbeinn Sigþórsson | 26 | 64 | 0.41 | 2010-hozir |
Eiður Guðjohnsen | 26 | 88 | 0.3 | 1996-2016 | |
3 | Gylfi Sigurðsson | 25 | 78 | 0.32 | 2010-hozir |
4 | Ríkharður Jónsson | 17 | 33 | 0.52 | 1947-1965 |
5 | Alfreð Finnbogason | 15 | 63 | 0.24 | 2010-hozir |
Birkir Bjarnason | 15 | 113 | 0.13 | 2010-hozir | |
7 | Ríkharður Daðason | 14 | 44 | 0.32 | 1991-2004 |
Arnór Guðjohnsen | 14 | 73 | 0.19 | 1979-1997 | |
9 | Þórður Guðjónsson | 13 | 58 | 0.22 | 1993-2004 |
10 | Tryggvi Guðmundsson | 12 | 42 | 0.29 | 1997-2008 |
Heiðar Helguson | 12 | 55 | 0.22 | 1999-2011 |