Islom tadqiqotlari instituti (Pokiston)

Islomoboddagi Islom tadqiqotlari instituti 1960-yilda tashkil etilgan. Institut 1980-yilgacha Pokistonning turli vazirliklari ma’muriy nazorati ostida faoliyat yuritgan. 1980-yildan boshlab Islomoboddagi Islom universiteti tarkibiga biriktirilgan[1][2][3][4].

Institutining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

tahrir

- Universitet ilmiy kengashi tomonidan belgilangan sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borish;

- Islom ta’limotini zamonaviy dunyoning intellektual va ilmiy taraqqiyoti kontekstida oʻrganish;

- Turli monografiyalar, kitoblar, tadqiqot jurnallari va boshqa tadqiqot materiallarini nashr etish;

- Musulmon jamiyati oldida turgan muammolarni aniqlash uchun tadqiqot guruhlarini tayinlash;

- Ilmiy seminar, konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish[3] .

Institut tarkibida quyidagi taqiqot boʻlimlari mavjud:

tahrir

1. Qur’onshunoslik boʻlimi

2. Hadis va sunnat boʻlimi

3. Fiqh va huquq boʻlimi

4. Islom tafakkuri boʻlimi

5. Zamonaviy musulmon ummati boʻlimi

Institutining alohida nashriyoti mavjud boʻlib, u yerda hozirgacha ingliz, arab va urdu tillarida 140 dan ortiq ilmiy kitob, monografiya va tarjima asarlar nashr qilingan. Islom tadqiqotlari instituti uchta davriy nashrga ega. Bular: “Fikr-o Nazar[5]” (urdu tilida) “Islamic Studies[6]” (ingliz tilida) “ad-Dirosa al-islomiya” (arab tilida) jurnallaridir.

Manbalar

tahrir