Islomov Hojisiddiq (1893, hozirgi Fargʻona viloyati, Logʻon qishlogʻi — 1933, Toshkent) — ilk oʻzbek professional aktyorlaridan. Oʻzbek teatri aktyorlik sanʼatida komediya janrining rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Moskvadagi oʻzbek drama studiyasida] taxsil olgan (1924-27). 1917-24-yillarda Hamza tuzgan Fargʻona oʻlka sayyor truppasida, 1927—33-yillarda Hamza teatrida aktyor. Oʻzbek xalqanʼanaviy teat-rini zamonaviy teatr bilan bogʻlashga institutilgan, hajviy obrazlar yaratgan. Eng yaxshi rollari: domla ("Hujum"), tabib ("Halima"), domla ("Tuhmatchilar jazosi"), Pantalone ("Malikai Turandot"), Osip ("Revizor") va b. Xu-shovoz xonanda ham boʻlgan. Konsertlarda kulgili qoʻshiqlar aytgan, qiziqchilik qilgan, Mirshohid Miroqilov bilan hajviy duet yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil