Ismli son — biror oʻlchov birligi bilan birga yoziladigan son. Masalan, 7 m (yetti metr), 9° (toʻqqiz gradus), 3 ga (uch gektar), 40 sm2 (qirq kvadrat santimetr). Bu sonlar abstrakt (mavhum) sonlar (mas, 7, 9, 40) bilan taqqoslanadi. Son yonida bir xil oʻlchov birliklari qatnashsa, I. s. sodda (mas, 7 m), bir necha birliklar qatnashsa, murakkab (mas, 7 m 20 sm 5 mm) deyiladi.[1] Ismli sonlar ustida amallar (kesmani detsimetr va santimetr bilan oʻlchashda murakkab ismli sonlar hosil boʻlishi) birinchi sinfdayoq uchraydi. Bunday sonlar ustida amallar bajarish oʻlchovlar orasidagi bogʻlanishlarni yetarlicha toʻla oʻzlashtirish uchun bir birlikdan ikkinchi birlikka oʻtishga oid (ancha mayda birliklarni yiriklari bilan almashtirish yoki buning teskarisi), ismli sonlarni taqqoslash (oddiy ismli sonlarni ham, murakkab ismli sonlarni ham)ga oid mashq bajarish zarur. Koʻp xonali ismsiz sonlarni qoʻshish va ayirish bilan bogʻliq holda uzunlik, massa, vaqt va baho (narx) oʻlchovlari bilan ifodalanadigan ismli sonlarni qoʻshish va ayirish ustida ishlash amalga oshiriladi. Bunday sonlar ustida amallarni ikki usulda bajarish mumkin. Sonlarni qanday berilgan boʻlsa, shunday qoʻshish (ayirish) kerak. Bunda qoʻshish kichik oʻlchov birliklaridan boshlanadi. Natija topilgandan keyin yirikroq oʻlchov birliklarida ifodalanadi. Masalan: 62 m 24 sm + 12 m 26 sm = 74 m 50 sm 162 m34 sm

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil