Ismoil al-Javhariy
Ismoil ibn Hamod al-Javhariy al-Javhariydir (Abu Nasr) — lug‘atshunos, g‘oyatda baxtli-iqbolli inson edi. Asli turk mamlakatidagi Forobdan kelib chiqqan. Ilm olish maqsadida Iroqqa safar qilib, Abu Ali al-Forobiy va Abu Said as-Sayrafiydan arab tilini o‘rgangan. So‘ngra Hijozga borib, muqaddas shaharlarni tavof qilgan. Misrga ham o‘tgan. Ilm talabida ko‘p saʼy-harakatlar ko‘rsatgan. Tavof yo‘lidagi orzulari amalga oshgach, Xurosonga qaytib, Nishopurga yo‘l olgan. Bu shaharda bir muddat mudarrislik qilib, asarlar yozib, husnixatdan taʼlim bergan. Ko‘p o‘tmay shu yerda milodiy 1003-yil (hijriy 393-yil) vafot etgan.
Ismoil al-Javhariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy 1003-yil (hijriy 393-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | lug‘atshunos |
Asarlari
tahrir- „Toju-l-lug‘at“ („Tilning toji“)
- lug‘atshunoslikka oid „as-Sihoh“ („Ishonchli“ kitob)
- „Muqaddima fi-n-nahv“ („Grammatikaga kirish kitobi“)
- aruz ilmiga oid asar
- „Divonu-l-adab“ (Adabiyotga oid devon) shuningdek, bir qancha sheʼrlari ham bor[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 90-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |