Isparak
Isparak, isfarak (Delphinium semibarbatum) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 35—70 sm. Boʻgʻiz barglari uzun bandli, poyasidagilari bandsiz. Bargi ust-maust besh qismga, har bir qismi esa uch boʻlakka boʻlingan. Gullari toʻq sariq, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Sirtqi tojbargining bittasi pixli. Mevasi bitta mevabargdan hosil boʻlgan. Oʻrta Osiyoning togʻ etaklari va adirlarida, asosan, boʻz tuproqli yon ba-gʻirlarida oʻsadi. May oxirlarida gullaydi, iyulda mevasi pishadi, avgustda poya va barglari quriydi. I.ning gulidan aholi ipak, jun va ip gazlamalarni sariq rangga boʻyashda foydalanadi. Poyasi va barglarida 0,07%, ildizida 0,13%, mevasining poʻstida 0,56%, urugʻida 0,11% delsemin va b. alkaloidlar bor. I.dan qoʻy, echki va otlar, qurigan gulidan esa qoramol zaharlanadi. Xalq tabobatida I.ning poya va barg qaynat-masi turli shishlarni, kuli esa qoʻtir va ekzemani davolashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |