Issiqota tumani (qirgʻizcha: Ысык-Ата району) — Qirgʻiziston Respublikasining Chuy viloyatidagi tuman.

Issiqota tumani
Ысык-Ата району
tuman
Tarkibida Chuy viloyati
Maʼmuriy markazi Qand
Asos solingan sanasi 1977
Aholi (2009) 132 759 kishi[1]
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 47,5%
ruslar — 22,1%
dunganlar — 14,5%
turklar — 3,5%
uygʻurlar — 3,1%
ozarbayjonlar — 2,6%
oʻzbeklar 1,7%[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, nasroniylar
Maydoni 3028 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Xaritada
Issiqota tumani xaritada
42°53′0″N 74°51′0″E / 42.88333°N 74.85000°E / 42.88333; 74.85000

Maʼmuriy markazi - Qand

Tarixi

tahrir

Issiqota tumani 1977-yilda tashkil topgan. 1998-yilda Qand tumani bilan birlashgan.

Aholisi

tahrir
Millatlar Aholi soni Tumandagi oʻrni
Qirgʻizlar 62620 47.2%
Ruslar 28000 21.1%
Dunganlar 19223 14.5%
Turklar 4699 3.5%
Uygʻurlar 4091 3.1%
Ozarbayjonlar 3486 2.6%
Olmonlar 1524 1.1%
Ukrainlar 1343 1.0%
Qozoqlar 1317 1.0%
Tatarlar 1078 0.8%
Balgarlar 611 0.5%
Koreyslar 588 0.4%
Tojiklar 383 0.3%
Kurdlar 349 0.3%
Qorachoylar 182 0.1%
Bulgorlar 108 0.1%
boshqalar 950 0.7%

Geografiyasi

tahrir
 
Milyanfan ovulidagi kanal

Tuman Chuy vohasining markaziy qismida joylashgan boʻlib, Shimolida Qozogʻiston Respublikasi, janubida Norin viloyatining Qoʻchqor tumani, gʻarbida Olamuddin tumani, sharqida Chuy tumani bilan tutashadi. Tuman hududi shimoldan janubgacha 65 kmga, gʻarbdan sharqgacha 44 kmga choʻzilgan. Bishkek shahridan 20 km sharq tomonda joylashgan. Maydoning koʻp qismi tekkislik va adirlar egallaydi, dengiz sathidan balandligi 1000–2000 m. Shimoliy qismini Qirgʻiz Olatogʻining shimoliy qismi va uning yon bagʻridagi adirlar egallaydi. Togʻli boʻlimini toʻyit qatorida, adirlari dehqonchilikda foydalaniladi.

Qirgʻiz Olatogʻining shimoliy qismida Issiqota darasi va boshqa voha-daralar oʻrin olgan. Shimoli-gʻarbdan shimoli-shaqgacha 50 kmga oraliqga choʻzilgan. Daralarning baland nuqtasi dengiz sathidan 4500 metr, pastki qismi qismi 1000 metr balandlikda joylashgan. Tumanning shimoliy qismini Chuy vohasi egallaydi. Kon boyliklaridan polimetal, qurulish materiallari, tosh tuz bor. Issiqota darasida mineralli issiq suv chiqadi. Iqlimi kontenental Yanvardagi oʻrtacha harorat –6°…–10 °C, iyulda 18–20 °C. Tuman hududidan Chuy daryosi va uning irmoqlari - Issiqota, Qizilsuv, Norus soylari va boshqa kichik daryolar oqib oʻtadi. Yillik yogʻingarchilik 300–600 mm. ni tashkil qiladi.

Aholi punktlari

tahrir
 
Pervomay ovulidagi Yangi Masjid

Taniqli shaxslar

tahrir

Manbalar

tahrir