Issiqbardoshlik - konstruksion materiallar (metallar, keramika, polimer va b.) ning yuqori tralarda mexanik zoʻriqishlar taʼsirida deformatsi-yalanish va yemirilishiga qarshilik koʻrsatish xossasi. Asosan, yoyiluvchanlik chegarasi va uzok, muddat mustahkamligini yoʻqotmasligi bilan belgilanadi. Ma-teriallarning kimeviy tarkibini tanlab, ularga kerakli struktura berib (termik yoki termomexanik ishlov berib), I. xossasiga erishiladi. Olovbardoshlik bilan bir katorda I. materiallarning asosiy yaroqlilik mezoni hisoblanadi. Poʻlat, nikel, temir, kobalt asosidagi qotishmalar, qiyin eriydigan metallar va ular asosidagi qotishmalar I. xu-susiyatiga ega boʻladi. Masalan, poʻlat 200° dan yuqori temperaturada boʻshatilganda (boʻshatish — kritik temperaturagacha qizdirib, key-in asta-sekin sovitish) poʻlatning qat-tiqligi tez pasayadi. Agar poʻlatga max-sus karbid hosil qiladigan miqdorda biror element (Gr, V, Mo, W) qoʻshil-ca, poʻlatning I. xossasi yaxshilanadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil