Issiqlik harakati
Issiqlik harakati - moddani tashkil etgan zarralar (molekulalar, atomlar, elektronlar va b.)ning tartibsiz (xaotik) harakati. Termodinamik muvozanatli holatdagi zarralarning barcha yoʻnalishlaridagi teng ehtimolli tartibsiz harakati xaotik harakat deyiladi.
Real gaz molekulalari bir toʻqnashishdan keyin ikkinchi toʻqnashishgacha toʻgʻri chizikli tekis harakatlanadi. Gazdagi molekulalarning bu ilgarilanma harakatlari barcha yoʻnalishlarda xaotik harakatdir. Molekula ilgarilanma harakatining oʻrtacha kinetik energiyasi <mv2/2> energiyaning teng taqsimlanishi qonuniga binoan, <th)2/2>=3-(kT/2). Issiqlik harakatining intensivligi miqdoriy jihatdan temperatura T orqali aniqlanadi (k — Bolsman doimiy-si). Siyrak gaz molekulalarining Issiqlik harakati tufayli uning idish devoriga bosimi quyidagicha ifodalanadi: r=pkT, bunda p — hajm birligidagi molekulalar soni (zichligi). Oʻzgarmas bosimda gaz temperaturasi T pasayishi va zichligi p ortishi bilan erkin yugurish yoʻli kamayadi va ilgarilanma harakat bilan bogʻliq tartibsiz harakat susayadi.
Suyuq holatdagi modda molekulasi oʻz atrofidagi molekulalar bilan aylanma va tebranma harakatda doimo toʻqnashishda boʻladi; molekula amorf jis-mlar, jumladan, suyuqliklarda molekulalarning Issiqlik harakati — vaqtincha muvozanatli holatlari atrofida tartibsiz joylashgan molekulalarning tebranma harakatlaridan va bu harakatlar davomida ularning baʼzan bir muvozanatli tebranish holatlaridan boshqalariga sakrashlaridan iborat. Kuchli yopishqoq suyuqliklarda, ayniqsa, amorf jismlarda, jumladan, shishalarda bunday sakrashlar nihoyatda oz boʻladi. Suyuklik molekulalarining Issiqlik harakatidagi tartibsiz ilgarilanma harakati shu sakrashlar tufayli sodir boʻladi. Temperatura ortishi bilan Issiqlik harakatini ifodalovchi tebranma harakatlar va sakrab oʻtishlar kuchayadi.
Qattiq jismda Issiqlik harakati — undagi atomlarning muvozanatli holatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat; temperatura ortishi bilan tebranishlar am-plitudalari kattalashadi. Kristallanish temperaturasida kristall va suyuklikning issiklik sigʻimlari bir-biridan kam farqlanadi; binobarin, ulardagi Issiqlik harakatilar bu temperaturada taxminan bir xil xususi-yatga ega boʻladi. Kristall qattiq jismda Issiqlik harakatining susayishi tufayli, maʼlum oʻtish tralarida, mas, paramag-nitning ferromagnitga yoki antiferromagnitga oʻtishida tartibsiz aylanma harakat tartibli holatga oʻtadi. Kristall qattiq jismlar atomlarining Issiqlik harakati, kvant statistikaga asosan, fononlar gazi orqali tavsiflanadi; issiklik qattiq jismda fononlar yordamida uzatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |