Issiqlik — materiya harakati shakli; jismlar oʻrtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifodasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikrozarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori issiqlikni ifodalaydi. Issiqlik va issiqlik miqdori atamalari bir xil maʼnoni bildiradi.

Issiqlik haqidagi maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum. Qadim zamonlarda issiqlikni jismlarning har xil holatiga bogʻliq boʻlgan qandaydir asos, negiz deb qaralgan. XVI asr gacha jismlarning qizish darajasi sezgi organlari yordamida aniqlangan. XVI asr da G. Galiley birinchi marta termometr yasab, jismlarning qizish darajasini (temperaturani) aniqlagan. XVII asr dan boshlab, issiqlik holatini materiya tarkibidagi zarralar harakatiga bogʻlab tushuntira boshlangan (F. Bekon va R. Dekart). XVIII asr birinchi yarmida D. Bernulli, M. F. Volter bu taʼli-motni yana ham rivojlantirdi. XVIII asrda metallurgiya va bugʻ kuchiga asoslangan texnika juda taraqqiy qildi. Bu esa issiqlik hodisalarini yana ham anikroq tekshirishni talab etdi. Ayniqsa, temperatura (termometriya) ni, issiqlik miqdorini oʻlchash (kalorimetriya) usullari taraqqiy qildi. XVIII asr oʻrtalarida M. V. Lomonosov berk idishda moddalarning kuyishini tajribada tekshirib, molekulyar-issiqlik nazariyasini kashf etdi. Nemis tabiatshunosi Yu. R. Mayer issiklik va mexanik ishning ekvivalentligini asoslaganidan keyin (1850—60) J. Jdulʼ va fransuz olimi Girni tomonidan molekulyarkinetik nazariya qayta tiklandi va R. Klauzius hamda J. Maksvell tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariyaga asosan issiqlik jismlar tarkibidagi atom va molekulalarning betartib qarakatiga bogʻliq. Jismning temperaturasi koʻtarilsa, tarkibidagi molekula yoki atomlarning betartib harakati tezlashadi. Agar har xil trali ikki sistema birbiriga yaqinlashtirilsa (I. kontaktiga keltirilsa), ularning ichki energiyasi oʻzgaradi; ikki sistemada makroskopik (koʻzga koʻrinadigan) ish bajarilmasdan issiqlik almashinadi. Sistema makroskopik ish bajarmasdan tashqi muhit bilan issiqlik almashganda tashqi muhitning ichki energiyasi oʻzgarishi sistema olgan issiqlik deyiladi va bu issiqlik sistemaning issiqlik harakati miqdori ortishiga olib keladi. Issiqlik almashishda makroskopik ish bajarilmasada, mikroskopik (koʻzga koʻrinmaydigan) ishlar bajariladi, yaʼni tashqi muhit molekulalari, atomlari molekulyar kuchlar bilan sistemaning molekulalari va atomlariga taʼsir qilib ish bajaradi. Mas, jism bilan qizdirilgan gaz issiqlik kontaktiga keltirilganda gazdan jismga energiyaning oʻtishi gaz molekulalarining jism molekulalari bilan bevosita toʻqnashishi (mikroskopik ish bajarishi) orqali sodir boʻladi[1].

Yer yuzida iqlim keskin o'zgarmoqda. Xususan Turkiya va Suriyadagi zilzila bunga yaqqol misoldir. Issiqlik sabab ko'plab davlatlarda qirg'oqchilik, suv tanqisligi, haroratning keskin oshishi kuzatilayapti.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil