Issiqlik almashinish

(Issiqlik uzatishdan yoʻnaltirildi)

Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish — issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi qaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan bogʻlik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasining nazariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ qozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda I. a. hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masalalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi[1].

Issiqlik asosan 3 xil usulda tarqaladi:

  1. Issiqlik oʻtkazuvchanlik
  2. Konveksiya
  3. Issiqlik nurlanish

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil