Issit (Uraldagi Iset daryosi nomidan) — tomirli magmatik togʻ jinsi, dunit jinslarida uchraydi. Tarkibida rogovaya obmanka (89%), avgit (6%), rudali minerallar (5%), baʼzan plagioklaz uchraydi. Issit Oʻzbekistonning Sulton Uvays togʻi, Markaziy Qizilqum, Fargʻonadagi oʻta asosli jinslarda uchraydi. Rudali konlar uchun Issit darakchi hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil