Istaxr — qad. Persepolning oʻrta asrlardagi nomi. Shahar harobasidan 5 km narida joylashgan. Istaxr arablar tomonidan 2 marta (643, 649-yil) bosib olingan. Oʻrta asrlarda Istaxr jome masjidi atrofi ustunlar bilan oʻrab olingan boʻlib, Maqdisiynpng yozishicha, har bir ustunning tepasida sigir tasviri tushirilgan; masjid ilgari otashpa-rastlarning ibodatxonasi boʻlgan. Istaxr sosoniylar davrida Fors viloyatining asosiy shahriligicha qolgan. Istaxr Somsom ad-davla davri (989—998) da amir Qutulmush tomonidan shunchalik talon-toroj etilganki, keyinchalik faqat qishloq sifatida tiklana olgan xolos. 12-asr boshida Istaxr da atigi 100 ta erkak qolgan (Ibn alBalxiy).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil