Istiqlol mafkurasi – millat va davlatning mustaqil rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan gʻoyaviynazariy qarashlar tizimi. I. m. istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tufayli paydo boʻladi. Uning asosiy vazifasi ozod va erkin taraqqiyot yoʻlidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan bunyodkorlik ishlariga safarbar etish, unda gʻoyaviy immunitet, mustaqillikka erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash omili hisoblanadi. Ozodlik yoʻlidagi intilishlar qonga botirilganini koʻrsatuvchi misollar jahon xalqlari tarixida koʻplab topiladi. I. m. olgʻa surgan hayotbaxsh qarashlar hech qachon izsiz ketmagan, bu qarashlar yangi sharoit va vaziyatlar vujudga kelganda mustaqillik uchun kurashni tay-yorlashga xizmat qilgan. Mustaqillik-ka erishgandan keyin I. m.ning maz-muni mustaqillik davri oldida turgan yangicha vazifalarda yorqin namoyon boʻladi. Bu davrda u mustaqillikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huqu-qiy va maʼnaviy asoslarini mustah-kamlashni gʻoyaviy jihatdan taʼminlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Mamlakatimiz xalqi ongida "Oʻzbekiston — yagona Vatan" degan tushunchani qaror toptirish I. m.ning muhim va-zifalaridan biridir. I. m. yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuygʻu-sini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning I. m. istibdod illatlariga barham berish, mustaqillik, ozodlik va bunyodkorlik kabi qad-riyatlarning maʼnosini chuqur anglab yetish, uni odamlarning qalbi va ongiga singdirish, jamiyat hayotida ogohlik, hamkorlik, milliy totuvlik muhitini taʼminlashni oʻzida ifodalaydi (yana q. Milliy mafkura).

Adabiyot

tahrir
  • Milliy istiklol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, T., 2001.

Qiyom Nazarov, Gulnora Ibrohimova.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil