Mogar (Setaria italica convar moharia), Italiya tarigʻi — boshokdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon bir yillik oʻsimlik; yem-xashak va don ekini. Vatani — Sharqiy Osiyo. Miloddan avvalgi 2700-yil oldin maʼlum boʻlgan. Mongoliya, Xitoy, Italiya, Ruminiya, Vengriyada keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda ekiladigan qoʻnoqning bir tur xili. Ildizi yaxshi rivojlangan popuk ildiz, tuproqqa 1 m kirib boradi. Po-yasi ingichka, ichi kovak, balandligi 50—150 sm. Bargi oddiy, uz. 20—50 sm, eni 1 — 3 sm, Gultoʻplami boshoqsimon roʻvak. Doni yaltiroq, silliq, sariq, jigarrang gul qobiqlari bilan qoplangan. 1000 ta doni vazni 1,5—3,0 g.

Oʻsuv davrining boshida sekin, nay oʻrashdan roʻvaklanish davrigacha tez oʻsadi. M. issiqsevar oʻsimlik, urugʻi 8— 10° da unib chiqadi, maysasi — 2—3° sovuqda nobud boʻladi. Qurgʻoqchilikka chidamli.

M.ning 100 kg koʻkatida 17 ozuqa birligi va 1,8 kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanida 55 ozuqa birligi va 5,5 kg protein boʻladi. Doni oziqovqat mahsuloti, qush- Mogar. lar uchun toʻyimli ozuqa. M. kuzgi gʻalla, dukkakli va qator orasiga ishlov beriladigan ekinlardan boʻshagan yerlarga ekiladi. Koʻk poyasi uchun sugʻoriladigan sharoitda gektariga 18–20 kg, lalmi yerlarga 12–15 kg urugʻ ekiladi. Ekish chuq. 2—3 sm. Oʻsuv davrida qator orasiga ishlov beriladi, sugʻoriladi. Koʻkat va pichan uchun roʻvaklanish davrida oʻriladi. Kech oʻrilsa poyasi dagʻallashadi. Hosildorligi koʻkati boʻyicha 100—250 s/ga, pichani — 40—50, doni — 15—20 s/ga ni tashkil qiladi.

Kasalliklari : kuya, zang, bakterioz. Zararkunandalari: tariq chivini, simqurt, poya burgasi.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil