Itterbiy
70 | Иттербий
|
Yb | |
4f146s2 |
Itterbiy (lotincha Ytterbium), Yb - mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 70, atom massasi 173,04. Tabiiy Itterbiy 7 ta barqaror izotopdan tashkil topgan. 168Yb (0,14%), 17°Yb(3,03%), 171Yb(14,3%), 172Yb(21,82%), mYb(16,13%), 174Yb(31,84) va 176Yb (12,73%). Birikmalarda 2,3 valentli, atom radiusi 0,193 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiya sonlari koʻrsatilgan) Yb3+ 0,101 nm (6), 0,107 nm (7), 0,113 nm (8), 0,118 nm (9), Yb2+ 0,116 nm (6), 0,122 nm (7), 0,128 nm (8). 1978-yilda shved kimyogari Itterbiy Marinyak Shvetsiyaning Itterbyu (Ytterby) qishlogʻida tarkibida Itterbiy boʻlgan element topganligi uchun bu yangi elementga Itterbiy nomi berilgan. Itterbiy — siyrak element, yer poʻstidagi miqdori massa jihatidan 3,3-10~5%, dengiz suvlarida esa 5,2-10~7 mg/l ni tashkil etadi. Nodir elementlar bilan birgalikda bastnezit, monatsit, fergyusonit, ksenotim, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Itterbiy — oqish kulrang metall. Zichligi 7,02 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 824°, qaynash tempaturasi 1211°, Brinell boʻyicha kattikligi 343 MPa. Havo taʼsirida sekin, 400° da tez oksidlanib, oksid va karbonat aralashmasini hosil qiladi. Mineral kislotalar bilan xona temperaturasida reaksiyaga kirishadi. Issiq suvda havo taʼsirida sekin oksidlanadi. Qizdirilganda galogenlar bilan birikadi. Itterbiy (P)-oksid Yb2O3 — kub pan-jarali rangsiz kristall modda. Zichligi 9,213 g/sm3 5000 MPa bosim ostida 823 K da monoklin modifikatsiyagaoʻtadi. Zichligi 10,00 g/sm3. Itterbiyning oksalat, nitrat va b. tuzlarini 800— 1000° da parchalab olinadi. Maxsus keramik mahsulotlar, lyuminoforlar olishda qoʻllanadi. Itterbiy boshqa nodir elementlar bilan aralashmada poʻlat uchun kaytaruvchi va modifikator sifatida ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir