Ittikanak (Bidens) — qoqidoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 15-60 sm, barglari qanotsimon, qisqa bandli. Qarama-qarshi joylashgan. Gullari sariq, savatchaga toʻplangan. Mevasi pistacha. Oʻzbekistonda 1 turi oʻtloqlarda, ariq boʻylarida, ekinlar orasida oʻsadi. Tarkibida karotin, S vitamin, efir moyi, oshlovchi boʻyoq, shilimshiq va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida bolalarning diatez kasalligini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda ovqatni hazm qildiruvchi, siydik haydovchi va ter chiqaruvchi dori sifatida, baʼzi teri kasalliklari (ekzema)ni davolashda qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil