Ituzum (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turkumi, dorivor oʻsimlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Janubiy Amerikada tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda pal-lali Ittriy (Ittriy laciniatum) dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi (bargi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari koʻp). Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli binafsha rang, mevasi qora (Ittriy nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 90 sm gacha. Barglari oddiy va mu-rakkab, tuxumsimon, oʻyiq. Mevasi — koʻsakcha, qora yoki qizil dumaloq rezavor. Iyul—oktbrda gullab mevalaydi. Bir oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobikli, tuttroqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliya-tini saqlaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekinzor dalalarda begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. I.ning do-rivorlik xususiyatlari ham bor. Xalq tabobatida tomoqnafas yoʻllari xastaliklarini davolashda mevasidan foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil