Ivan I Kalita (? - 1340) - Moskva knyazi (1325-yil dan), Vladimirning knyazi (1328-yil dan). Moskva knyazi Daniil Aleksandrovich (1261 — 1303) ning oʻgʻli. Moskvaning siyosiy va iqtisodiy qud-ratiga asos solgan. Oltin Oʻrdadan Rusda moʻgʻullar uchun oʻlpon toʻplash huquqini olishga erishgan. I. I katta boylik toʻplagan (shundan uning laqa-bi "Kalita" — "pul xaltasi") va uni boshqa knyazliklardan yerlar sotib olish uchun ishlatgan. I. I davrida rus mitropolita qarorgohi Vladimirdan Moskvaga koʻchirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil