Ivan Alekseyevich Koʻratov [1839. 6(18).7, Komining Kibra (hozirgi Koʻratovo) qishlogʻi — 1875.17(29).11, Verniy (hozirgi Olmaota) shahri] — komi shoiri, tilshunos. Komi adabiyotining asoschisi. Vologdadagi liniy semivariyada taʼlim olgan (1854 — 60). Qozondagi polk auditorlari maktabini bitirgach, harbiy-sud ishiga, Oʻrta Osiyoga joʻvatilgan (1866). Hayotining keyingi davri Oʻrta Osiyo bilan bogʻliq kechgan. Koʻratov chinovniklar, movaxlar, poplarni masharalab, koʻplab sheʼriy asarlar yaratgan. ("Somson", "Tushlar", "Generalga", "Zulmat"). Koʻratov hajviy ertaqlar ("Makul" va boshqalar), avtobiografik doston — "Koʻrning esdaliklari" hamda tilshunoslikka, komi tili grammatikasiga oid asarlar muallifi. Lekin ular oʻsha davrda kitob holida nashr etilmagan. Jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini komi tiliga tarjima qilgan. Asarlari 20-asrning 30—60-yillarida nashr qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Koʻratov Ivan Alekseyevich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil