Ivan Strinić
Ivan Strinić (talaffuzi: Ivan Strinich; 1987-yil 17-iyulda Splitda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi. Xorvatiya terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati, 2012-yil va 2016-yilgi Yevropa chempionatlari ishtirokchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ivan Strinić[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-iyul 1987-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Split, Xorvatiya, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.86 m[1] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Hajduk Split |
Strinić 2011-yilning 27-yanvarida „Dnepr“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, transfer summasi 4 million yevroni tashkil qilgan[3]. Ivan „Dnepr“ futbol klubidagi debyutini 2011-yilning 6-martida Ukraina chempionati doirasidagi „ Tavriya“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[4]. Va bu oʻyinda u ham 30 metrlik zarba bilan klubdagi birinchi golini urdi. 20-mart kuni Kiyevning „Dinamo“ jamoasi bilan prinsipial bahsda u oʻyindagi yagona golni kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi[5].
2018-yil 27-may kuni Ivan Italiyaning „Milan“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[6]. 2018-yilning 18-avgustida u yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi[7]. Italiyadagi barcha professional futbolchilar uchun har olti oyda bir marta oʻtkaziladigan tibbiy koʻrikda shifokorlar xorvatga yurak mushaklarining dastlabki gipertrofiyasi tashxisini qoʻyishdi. 2019-yilning 26-avgustida „Milan“ futbol klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi[8].
Xalqaro faoliyati
tahrirU Xorvatiyaning 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalarida hamda 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasida oʻynagan. JCh-2014 final bosqichi arafasida olgan jarohati tufayli u Xorvatiya terma jamoasining turnir uchun soʻnggi tarkibiga kira olmadi[9]. 2018-yilgi Jahon chempionatida Strinić oʻz jamoasining oltita oʻyinida, jumladan, Fransiyaga qarshi final oʻyinida ishtirok etdi. Xorvatiya terma jamoasi 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va jahon chempionati kumush medali sovrindoriga aylandi[10].
Statistika
tahrirJamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Le Mans F. C. „B“ | Fransiya | 2006—2008 | 11 | 0 |
N. K. Hrvatski Dragovoljac | Xorvatiya | 2007—2008 | 22 | 1 |
H. N. K. Hajduk Split | Xorvatiya | 2008—2011 | 51 | 4 |
F. C. Dnipro Dnipropetrovsk | Ukraina | 2011—2015 | 85 | 4 |
S. S. C. Napoli | Italiya | 2015—2017 | 39 | 0 |
U. C. Sampdoria | Italiya | 2017—2018 | 18 | 0 |
A. C. Milan | Italiya | 2018—2019 | 0 | 0 |
Xorvatiya | ||
---|---|---|
Mavsum | Oʻyin | Gol |
2010 | 7 | 0 |
2011 | 8 | 0 |
2012 | 10 | 0 |
2013 | 7 | 0 |
2014 | 1 | 0 |
2015 | 0 | 0 |
2016 | 6 | 0 |
2017 | 2 | 0 |
2018 | 8 | 0 |
Jami | 49 | 0 |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Croatia“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Иван Стринич подписал контракт с «Днепром»“. 2015-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-yanvar.
- ↑ „«Днепр» заплатит за Стринича 4 млн евро“. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-yanvar.
- ↑ „«Днепр»-«Таврия»: интрига, битва и ничья“. 2012-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-mart.
- ↑ „«Динамо»: поражение в Днепропетровске“. 2011-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-mart.
- ↑ „Защитник «Сампдории» Стринич подтвердил, что подписал контракт с «Миланом»“. Sports.ru (2018-yil 27-may). 2018-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-may.
- ↑ „COMUNICATO UFFICIALE: IVAN STRINI“. 2019-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-avgust.
- ↑ „«Милан» расторг контракт со Стриничем. Он не сыграл ни одного матча за клуб“. 2019-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-avgust.
- ↑ „Стринич из-за травмы не поедет на чемпионат мира“. 2014-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-may.
- ↑ „Сборная Франции обыграла Хорватию в финале чемпионата мира—2018“. Чемпионат (2018-yil 15-iyul). 2018-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.