Aleksey Ivanovich Ivanov (1885—1958) — mexanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1938), Toshkentdagi gimnaziyani (1898—1906), Germaniyaning Tyubingen shahridagi universitetni va Karlsrue (Baden) politexnika institutini (1906—1912), Peterburg politexnika institutini (1917) tugatgan. Germaniyadagi Karlsrue mashinasozlik zavodida muhandiskonstruktor (1912—1914). Yoqilgʻi boʻyicha Turkiston vakili (Turktop) taklifiga binoan Toshkentda ishlagan (1917—1919). 1919-yildan Turkiston universitetida, Oʻrta Osiyo Paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI)da, Oʻrta Osiyo Energetika institutida, Oʻrta Osiyo Industrial institutida, Toshkent Politexnika institutida ishlagan. Bir necha oʻquv qoʻllanmalari tuzgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil